Hududlar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda



Elektr energiyasi bugungi farovon hayotimizning muhim omili sanaladi. Uni uzluksizligini ta’minlash va me’yor darajasida yetkazib berish ta’minotchi korxonaning birinchi darajadagi vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan hududlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun boshqichma bosqich elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarini yangilashga qaratilgan chora tadbirlash ishlab chiqilib, bu boradagi amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyatining olis Peshko’ tumanidagi “Malshoyak” va “Bog’imuso” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarida Peshko’ tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 22 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlandi hamda 1300 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortildi.

