OLOT TUMANIDAGI ENERGIYA SAQLASH TIZIMI SOATIGA 20-25 MINGTA XONADONNI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLAYDI

2025-yilning 5-dekabr kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida ishga tushirilgan 63 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi haqida qisqa lavha.

Ma’lumot uchun: 2025-yilning 5-dekabr kuni Prezidentimiz boshchiligida 1 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 milliard kilovatt⋅soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi.

Hududlar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda

Elektr energiyasi bugungi farovon hayotimizning muhim omili sanaladi. Uni uzluksizligini ta’minlash va me’yor darajasida yetkazib berish ta’minotchi korxonaning birinchi darajadagi vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan hududlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun boshqichma bosqich elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarini yangilashga qaratilgan chora tadbirlash ishlab chiqilib, bu boradagi amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyatining olis Peshko’ tumanidagi “Malshoyak” va “Bog’imuso” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarida Peshko’ tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 22 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlandi hamda 1300 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortildi.