⚡️ Tezkorlik va mas’uliyat — barqaror ta’minot garovi ⚡️

Qurilish korxonasining maxsus texnikasi (avtokran) haydovchisining ehtiyotsizligi sababli yuqori kuchlanishdagi tarmoqqa mexanik shikast yetkazganligi natijasida 2026 yilning 14 yanvar kuni soat 10:55da 35 kV kuchlanishdagi havo tarmog’ida avariyali uzilishlar kuzatilgan.

Mazkur holat “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mutaxassis xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, 3 ta maxsus texnika va 15ga yaqin malakali xodimlar jalb etilgan holda ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida elektr tarmog‘i to‘liq tiklanib, iste’molchilar qayta barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

⚠️ Shu alohida ta’kidlab o’tish joizki, bunday holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarur.
E’tibor va mas’uliyat — xavfsizlikning eng muhim omili!

💬Facebook (https://www.facebook.com/buxorohududiyelektrtarmoqlari) | Telegram (https://t.me/buxenergo) | 🌐 Veb-sayt (https://buxelektr.uz/) | 📞1154 (https://t.me/buxenergo/614)

OLOT TUMANIDAGI ENERGIYA SAQLASH TIZIMI SOATIGA 20-25 MINGTA XONADONNI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLAYDI

2025-yilning 5-dekabr kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida ishga tushirilgan 63 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi haqida qisqa lavha.

Ma’lumot uchun: 2025-yilning 5-dekabr kuni Prezidentimiz boshchiligida 1 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 milliard kilovatt⋅soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi.

Hududlar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda

Elektr energiyasi bugungi farovon hayotimizning muhim omili sanaladi. Uni uzluksizligini ta’minlash va me’yor darajasida yetkazib berish ta’minotchi korxonaning birinchi darajadagi vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan hududlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun boshqichma bosqich elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarini yangilashga qaratilgan chora tadbirlash ishlab chiqilib, bu boradagi amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyatining olis Peshko’ tumanidagi “Malshoyak” va “Bog’imuso” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarida Peshko’ tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 22 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlandi hamda 1300 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortildi.

2016 — 2025-yillarda respublika iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari:

➖2016-yil – 45,7 mlrd kVt⋅soat;
➖2017-yil – 47,4 mlrd kVt⋅soat;
➖2018-yil – 50,5 mlrd kVt⋅soat;
➖2019-yil – 52,7 mlrd kVt⋅soat;
➖2020-yil – 55,8 mlrd kVt⋅soat;
➖2021-yil – 59,1 mlrd kVt⋅soat;
➖2022-yil – 62,6 mlrd kVt⋅soat;
➖2023-yil – 66,1 mlrd kVt⋅soat;
➖2024-yil – 67,5 mlrd kVt⋅soat;
➖2025-yil – 71,0 mlrd kVt⋅soat*.

2025-yili iste’molchilarga 2016-yildagiga nisbatan 25,3 mlrd kVt⋅soat yoki 55 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.

*tezkor ma’lumot

HUDUDIY KORXONALARNING MODDIY TEXNIK IMKONIYATLARI YANADA YAXSHILANMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi “Hududlardagi taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish hamda elektr tarmoqlari ob’ektlarida roy beradigan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash togrisidagi” Farmoyishiga asosan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo`lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi.

Ayni paytda mazkur elektromobillar bosqichma-bosqich hududlarga yetkazib berilmoqda.

Ushbu maxsus texniklar hududlarda tezkor brigadalar faoliyatini yanada yaxshilash imkonini beradi.

Korrupsiyasiz kelajak – barchamizning qo‘limizda!

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ:

☎️ Ishonch telefoni: +998781507561
☎️ Call markaz: 1154

📧 Elektron pochta manzili: info@het.uz

📧 Korrupsiyaga qarshi kurash va komplaens nazorat xizmati elektron pochta manzili: antikor@het.uz

Qadrli yurtdoshlar!

❄️🎄🎄 Barchangizni kirib kelgan yangi 2026 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil о‘zida ulug‘ maqsad va eng ezgu niyatlarni mujassam etib, xalqimizni katta yaratuvchanlik ishlariga ruhlantirsin! 2026 yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.

Mamnuniyat ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ