Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o’rganildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 22-sentabrdagi 43-AA-sonli bayoni asosida belgilangan topshiriqlar ijrosi, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.

O’rganishlar davomida navbatchilik brigadalarining tashkil qilinganligi, ularning shayligi, 24/7 rejimida faoliyat olib borishda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavsumda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun zaxira materiallarining mavjudligi, ularning joylardagi holati ko’zdan kechirildi va aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish zarurligi ta’kidlanib, tegishli rahbarlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanishga xizmat qiladi.