Ona_tilim_faxrim





Til – inson ma’naviy qiyofasi va ichki go‘zalligini namoyon etadigan benazir ko‘zgu, u – millatning ruhi, u – davlatning timsoli, mulki.
Til – inson ma’naviy qiyofasi va ichki go‘zalligini namoyon etadigan benazir ko‘zgu, u – millatning ruhi, u – davlatning timsoli, mulki.
HURMATLI VATANDOSHLAR HAMDA ELEKTR ENERGETIKA SOHASI XODIMLARI!
Barchangizni о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda “21-oktabr – О‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.
О‘zbek tilining о‘ziga xos jozibasi, tarixiy ahamiyati borligini barchamiz yaxshi bilamiz. Avvalo u о‘zbek xalqining tarixiy merosi, tafakkuri va madaniyatini asrlar davomida avloddan avlodga yetkazib kelayotgan bebaho boylikdir. О‘zbek tili xalqimizning yuragi, ruhi va birligini ifodalaydi.
Muhtaram Prezidentimizning «Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom kо‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir», – degan fikrlari tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash borasida har birimizga jiddiy mas’uliyat yuklaydi.
Keyingi yillarda yurtimizda davlat tilining qо‘llanish doirasini kengaytirish, uning nufuzini oshirish va har tomonlama rivojlantirish borasida yangi bosqich boshlandi. Bu jarayonda barcha sohalar qatori elektr energetika tizimida ham о‘zbek tilining mavqeini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ishonchim komilki, tizimdagi har bir xodim ish faoliyatida ham, kundalik hayotida ham adabiy meyor va toza tilda sо‘zlashishni о‘ziga mas’uliyat deb biladi.
Keling, bu qutlug‘ sanada ona tilimizni yanada qadrlaylik, uni asrab-avaylaylik va yosh avlodga iftixor bilan yetkazaylik!
Boshqaruv raisi A. Asqarov