⚡️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda



Avval xabar berganimizdek aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Xususan, hududlardagi transformator punktlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik jarayonida transformatorlar punktlarining texnik holati sinchiklab tekshirilmoqda, nosoz qismlar almashtirilmoqda, izolyatsiya darajasi va xavfsizlik tizimlari qayta ko‘rib chiqilib, fazalararo yuklamalarni teng taqsimlash ishlari olib borilmoqda.
✅ Amalga oshirilayotgan ishlar elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga, hamda tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishga xizmat qiladi.