HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “HET BILLING” dasturiy kompleksini takomillashtirish maqsadida zarur texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2025 yil 21-22-mart kunlari Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

Yashil_energiya

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholiga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati