Muhofaza zonalarida yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan harakatni sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud
2024-yil 18-iyul kuni soat 17:06 da “Sirdaryo IES” va “Toshkent-500” podstansiyasida differensial fazali himoyasidan muvaffaqiyatsiz avtomatik qayta ulash bilan “L-502” elektr uzatish tarmogʻi avariyaviy oʻchgan va soat 18:00 da ushbu avariya bartaraf etilgan.
Havo tarmogʻi koʻrikdan oʻtkazilganda, Toshkent viloyatining Piskent tumani hududidan oʻtuvchi tarmoqning 165-166-tayanchlari oraligʻida begona shaxslar tomonidan qurigan somon qoldiqlari yoqib yuborilganligi aniqlandi.
Dastlabki oʻrganishlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori talablarining qoʻpol ravishda buzilishi mazkur oʻchishga sabab boʻlganligini koʻrsatdi.
Hurmatli isteʼmolchilar, ushbu qarorga muvofiq, 110, 220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarining muhofaza zonalarida ekologik zarar hamda yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan harakatni sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud.
Eslatib oʻtamiz, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish hamda yoqilgʻi-moylash materiallarini tashlash va quyish, axlatxonalarni joylashtirish, shuningdek, koʻplab odamlar yigʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday tadbirlarni oʻtkazish hamda har qanday obyektni, predmetni joylashtirish taqiqlanadi.