“Yangi” 35/10 kV podstasniyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Yangi” 35/10 kV podstasniyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish, mahkamlash va sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yoriy holatga keltirish ishlari olib borildi. Shuningdek, mazkur podstansiyadagi 35 kVli moyli o’chirgich mukammal ta’mirlandi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati