Elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi
Buxoro viloyati aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Davlat dasturlari asosida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish bilan bir qatorda hududlardagi podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ana shunday yangilanishlardan yana biri viloyatning G‘ijduvon tumanida amalga oshirilmoqda. Loyiha asosida yuqori kuchlanishdagi “G‘ijduvon” 110/35/10 podstansiyasining quvvatini oshirish uchun 2 dona 40 ming kVAli yuqori quvvatdagi transformatorlar olib kelindi.
Mazkur quvvatdagi transformatorlar o‘rnatilishi G‘ijduvon tumanidagi 50 mingga yaqin iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash imkonini beradi.