HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar hisobini oson hisoblash maqsadida Jamiyat veb-saytida elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori ishga tushirildi.

Kalkulyator orqali elektr hisobini turli tariflarda hisoblash imkoni yaratildi.

Shuningdek, maxsus bot (https://t.me/e_tariffbot)orqali orqali elektr energiyasini tezkor kalkulyatori ham ishga tushirildi.

Shu bilan bir qatorda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar tо‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bо‘lishingiz mumkin.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun qо‘llanma.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

MATBUOT_ANJUMANI

2024 yil 23 aprel kuni “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda OAV vakillari, jurnalist, bloger va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajning Moliya iqtisod va energiya sotish masalalari bo’yicha direktori I.Aslonov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun-mohiyati va kelgusida erishiladigan natijalar haqida matbuot anjumani ishtirokchilariga ma’lumotlar berildi.

Matbuot anjumani qizg’in baxslarga boy bo’ldi. Barcha jurnalist blogerlar o’zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati