Davlat dasturi asosida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyatining bir qator hududlarida “Obod xonadon, obod ko’cha, obod mahalla” Davlat dasturi asosida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan mazkur hududlar elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq mavjud muammolar tizimli ravishda bartaraf qilinib, modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda. Ana shunday obonlashtirish ishlari G’ijdovon tumanining “Ko’li Jabbor” MFYda ham olib borilmoqda. Ko’li Jabbor qishlog’i elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun mustahkam temir-beton tayanchlarni o’rnatib, elektr uzatish tarmoqlarini yangilash, transformator punktining quvvatini oshirish rejalashtirilgan. Hozirga qadar 90 donaga yaqin tayachlar soha xodimlari tomonidan tiklandi. Qurilish ishlari maxsus texnikalar yordamida davom ettirilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati