Navbatchilik asosida 24 soatlik ish olib borilmoqda.

Qish mavsumida is’temolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan navbatchilik asosida 24 soatlik ish olib borilmoqda. Hududlardagi podstansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarining holati yana bir bor ko’zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Jumladan, soha xodimlari tomonidan Qorako’l tumanidagi “XZK” 35/10 kV kuchlanishdagi podstansiyasi ko’rikdan o’tkazildi va 35 kVli ajratgichlar joriy ta’mirlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati