Joylarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” maqsadida uchrashuvlar o’tkazilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Jondor tumani “Luqmon” MFY hududida Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, hamda mahallada fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida suhbat o’tkazildi.
Soha xodimlari “Buxoro HETK” AJ tomonidan viloyat aholisi va ijtimoiy soha obektlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida doimiy ravishda ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik xavf-xatarlar bilan bir qatorda yana bir xavf bu ham bo’lsa jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan yana bir illat bu “Korrupsiya” balosi ekanligini, korrupsiya – shaxsning o’z mansab va xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishini va boshqalarni misollar bilan tushuntirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat xavfsizligi kaliti ekanligi, bundan tashqari, yig’ilish davomida ishtirokchilarga bu yo’nalishda to’liq ma’lumot berildi.
Bu illatning tarqalishiga to’sqinlik qilish nafaqat huquq tartibot hodimlari vazifasi, balki har birimizning vazifamiz ekanligi aloxida ta’kidlab o’tildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati