“Obod mahalla” Davlat dasturi amalda.
So’ngi yillarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturlarini amalga oshirish orqali aholining turmush darajasini yanada yaxshilanishiga erishilmoqda. Mahallalarda keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda hududlar elektr energiyasi ta’minotining ishonchliligi va mustahkamligini ta’minlashda soha xodimlari tomonidan modernizatsiya va yangilash ishlari ham olib borilmoqda.
Joriy yilda Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” MFY “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilgan bo’lib, dastur asosida hudud elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga maqsadida 500 dan ortiq simyog’ochlarni yangilash, transformator punktlarining quvvatini oshirish, zamonaviy SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.
Hozirda “Buxoro HETK” AJ hamda uning tarkibidagi Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan mustahkam temir-beton tayanchlarni o’rnatish ishlari bajarilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati