Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

 

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda “Korrupsiya illatiga qarshi birgalikda kurashamiz” g’oyasi asosida ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarining davomi sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va halolllik” mavzusida navbatdagi seminar uchrashuvi bo’lib o’tdi.

 

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi bosh prokraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro viloyat boshqarmasi bo’limi boshlig’i, Buxoro viloyat prokraturasi bo’lim prokurori, Buxoro viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi mutaxassisi, Buxoro shahar adliya bo’limi boshlig’i hamda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’zga chiqganlar korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat ekanligi, uning iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma’naviy zararlari, uning balosidan qutilish, islohotlarni korrupsiya changalidan qutqarish barchamizning sharafli burchimiz ekanligini yig’ilganlarga atroflicha tushintirib berdilar. Bu illatning tobora ildiz otishiga to’sqinlik qilish nafaqat huquq tartibot organlari xodimlarining vazifasi, balki har birimizning sharafli burchimiz ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek, huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi. Xususan, huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan keltirib o’tilgan misollar barchani yana bir bor sergak tortishga undadi va seminarning natijadorligini yanada oshirdi.

 

Bugun yurtimiz zaminidan korrupsiya balosini tag tomiri bilan sug’urib tashlash maqsadida ko’plab islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Biroq natijalar ko’ngildagidek emasligi barchaga ayon. Shunday ekan korrupsiyadan qutilish yo’lida barchamiz birlashmog’imiz, bir maqsad yo’lida yoshlarimiz ongu shuurini korrupsiyadan xoli millatda yashash quvonchi ila boyitmog’imiz darkor.

Korrupsiya botqog’iga botmay o’zining halol mehnati bilan non topgan inson saodatga yetmog’i tayin bo’lganidek, o’ziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxo’rlik va ta’magirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrardir.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati