Quvvati 63000 kVA bo’lgan navbatdagi kuch transformatori Buxoroga olib kelindi.
Buxoro shahar aholisi, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shu bilan bir qatorda aholi sonining ko’payishi, ishlab chiqarish salohiyatlarining kengayishini inobatga olgan holda zahira quvvatini yaratish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 63 000 kVA bo’lgan navbatdagi kuch transformatori olib kelindi. Mazkur quvvatdagi kuch transformatorni Buxoro shahrining katta qismini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Markaziy” 110/35/6 podstansiyasiga o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida “Markaziy” 110/35/6 podstansiyadagi 25 000 kVA bo’lgan kuch transformatori, olib kelingan 63 000 kVAli trasformatorga almashtirilmoqda.
Hozirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati