Taraqqiyot strategiyasi

Taraqqiyot strategiyasi:

2022-2026 yillarda 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig’inlarining elektr ta’minoti yaxshilanadi

So’nggi 5 yilda mamlakatimizda barcha sohalar kabi energetika sohasida ham ulkan ishlar amalga oshirildi.

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq ushbu sohani kelgusida yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan.

Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublika hududlarida qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyalar quriladi va yangilanadi.

Buning natijasida respublika bo’yicha 8 300 dan ortiq mahalla fuqarolar yig’inlarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.

Eslatib o’tamiz: 2017-2021 yillarda uzunligi 902 km magistral va 40 600 km taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari hamda 12 900 ta transformator punktlari modernizasiya qilingan.

Buning natijasida respublika bo’yicha 7,3 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig’inining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati