Ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturi ishlab chiqiladi

Taraqqiyot strategiyasi:

Ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturi ishlab chiqiladi

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga asosan, 2022 yil aprel oyiga qadar uy-joy-kommunal xo’jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Unga ko’ra, Energetika vazirligi Jahon banki ekspertlari va maslahatchilari hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish” Milliy dasturi ishlab chiqiladi.

Bunda:

▪️“Yangi O’zbekiston massivlari” davlat dasturlari doirasida quriladigan uy-joy, ijtimoiy va tijorat obyektlarini qurishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilmalardan keng foydalaniladi.

▪️Xususiy sektor, ijtimoiy soha va mahalliy boshqaruv organlari obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo’yicha namunaviy loyihalar ishlab chiqiladi.

▪️Ijtimoiy soha obyektlari va boshqa byudjet tashkilotlarining rahbarlari va mas’ul xodimlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishini rag’batlantirish choralari qo’llaniladi.

▪️Kam ta’minlangan aholida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish borasida davlat tomonidan rag’batlantirish va moliyalashtirish mexanizmlari belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati