Mehnat inson hayotining ajralmas qismidir. Sir emaski har bir kasbning o’ziga yarasha qiyinchiliklari bo’ladi. Biroq, shunday sohalar borki unda faoliyat yurituvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan kichik bir xato yoki e’tiborsizlik og’ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ana shunday sohalardan biri bu shubhasiz “Elektr energetikasi” sohasidir. Shu munosabat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning tarkibidagi korxonalar masul xodimlari tomonidan doimiy ravishda mehnatni muhofaza qilish, kelib chiqishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida o’quv va amaliy mashg’ulot, targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Ana shunday mehnatni muhofaza qilish borasidagi navbatdan tashqari o’rganish ishlari “Buxoro hududiy elektr ta’minoti korxonasi” AJ mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshirildi.
Jamiyat tarkibidagi shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari ustalik bo’limlari va dispetcherlik xizmatlari himoya vositalari “Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi” xizmati tomonidan xatlovdan o’tkazildi. Yaroqsiz himoya vositalari ro’yxatdan chiqarilib yangisiga almashtirildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati