Qo’shimcha transformator punktlari o’rnatilib, havo elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda

Buxoro shahar “Moxixossa” mahalla fuqarolar yig’ini Moxixossa ko’chasi aholisi hamda tadbirkorlarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to’g’risida”gi PQ-2661 sonli qaroriga asosan qo’shimcha ravishda quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatib berildi. Yangi havo elektr uzatish tarmog’ini qurish uchun 45 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatildi.
Hozirgi kunda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan himoyalangan SIP kabellarini tortish ishlari bajarilmoqda.


“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati