Birinchi chorak yakunlandi. Biroq natija qanday…?

Buxoro xududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ joriy yilning yakunlangan birinchi choragida, xalqimizning sifatli va uzluksiz elektr energiyaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, belgilangan dasturlar ijrosi doirasida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan: Prezidentimizning “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish va yangi qurilish dasturi to‘g‘risida” gi qaroriga asosan viloyat bo‘yicha  81,0 km uzinlikdagi elektr uzatish tarmoqlari, shu bilan bir qatorda 51 dona transformator punktlari qurilib, aholi ehtiyojiga  munosib xizmat qilishi uchun foydalanishga topshirildi.

Birgina G‘ijduvon tumani misolida qaraydigan bo‘lsak, tumanning “Sharq” MFY “Yusuf Xamadoniy”, “Oqrabot” MFY “O‘rikzor”, “Soktari” MFY “Mirobod”, “Zargaron” MFY  “Zargaron”, “Zarangari” MFY “Mug‘anak” hamda “Ulfatbibi” MFY “Yuqori Mirzayon” qishloqlarida o‘rnatilgan 6 dona qo‘shimcha transformator punktlarining o‘rnatilishi orqali  615 ta xonadonda istiqomat qiluvchi iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifatini yaxshilanishiga erishildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.