Elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Hozirgi kunda “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)ning elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilmasida nosozlik tufayli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Shu munosabat bilan respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Jumladan Buxoro viloyatining tumani, shahar hududlarida ham vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelmoqda.
“Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)da yuzaga kelgan nosozliklarni tez fursatlarda bartaraf etish choralari Energetika vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
Nosozlik bartaraf etilgach, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishini bildiramiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJda “optik tola”li kabel tarmoqlari yotqizildi

Viloyatimizda aholi va ulgurji iste’molchilarning foydalangan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari bosqichma-bosqich reja asosida olib borilmoqda, almashtirilishi lozim bo‘lgan 432 481 dona elektr hisoblagichlarning 399 211 donasi aholi iste’molchilari uchun, 33 270 donasi esa yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan. Hozirgi kunda hisoblagichlarni almashtirish ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida jamiyat rahbariyati tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan bo‘lib, ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. Elektr energiyasini xisobga olish va nazorat kilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos hisoblagichlarning ishlash tartibi, elektr hisoblagich va maxsus qurilmalar o‘rtasidagi aloqaga asoslangan bo‘lib, shu munosabat bilan “Buxoro HETK” AJ va “O‘zbektelekom”AKning Buxoro filiali o‘rtasida 164, 6 mln. so‘mga imzolangan shartnoma asosida aloqa sifatini tubdan yaxshilab elektr energiya hisobini avtomatik tarzda hisoblab boruvchi dasturiy kompleksning maksimal darajada tez sur’atlar bilan ishlashini ta’minlash borasida, jamiyat tasarrufidagi barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalariga umumiy hisobda 6,7 ming km uzunlikdagi “optik tola”li kabel tarmoqlari yotqizildi. Bu ishlar tizimning to‘laqonli ishlashi va iste’molchilarni me’yor darajasida uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Buxoro HETK” AJda metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasi ishga tushirildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining tashabbusi bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasi ishga tushirildi. Ushbu tashkil etilgan ustoxonada TN-19, TM1-1, TM-4, M-16, M-1, UkPP M-11 va M-8 markadagi traverslar tayyorlanishi belgilangan bo‘lib, buning natijasida davlat dasturlari ehtiyojlarini to‘liq qoplash ko‘zda tutilgan. Birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish va yangidan qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2661-son qarori hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida yuqorida ko‘rsatilgan markadagi travers turlari bo‘yicha 2020 yilda ehtiyoj 23 000 donani tashkil etmoqda. Metall konstruksiyalar tayyorlash ustoxonasini mahalliylashtirib, ishga tushirish orqali jamiyatning moliyaviy holati uchun yillik 839,5 mln.so‘mdan ortiq sof foyda olishga hamda olingan foydani kelgusi yil ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

O'z kuchini yo'qotgan hujjatlar

“Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.10.2015 yildagi 280-son


♦”Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”   O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 15.05.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1031

06204

Olot tuman ETK

Korxona balansida quyidagi elektr uskunalar mavjud (2020 yil 1 yanvar holatida):

– 0,4-6-10 kV kuchlanishli havo liniyalari 1061,64 km
– 0,4-6-10 kV kuchlanishli kabel liniyalari 1,16 km
– 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari 320 ta
– 6-10 kV kuchlanishli transformator punktlarining umumiy quvvati 36 ming kVA dan ortiq.

Korxona quyida  soni keltirilgan elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat ko’rsatadi (2020 yil 1 yanvar holatida):

22473
855

Read more

06207

Buxoro tuman ETK

Korxona balansida quyidagi elektr uskunalar mavjud (2020 yil 1 yanvar holatida):

 – 0,4-6-10 kV kuchlanishli havo liniyalari 1118,88 km
– 0,4-6-10 kV kuchlanishli kabel liniyalari 8,66 km
– 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari 383 ta
– 6-10 kV kuchlanishli transformator punktlarining umumiy quvvati 45 ming kVA dan ortiq.

Korxona quyida  soni keltirilgan elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat ko’rsatadi (2020 yil 1 yanvar holatida):

35349
1568

Rahbar: Nabiyev Odil Qosimovich

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro tumani,  Axmad Donish ko’chasi,  1 uy
Telefon:  542-54-95
E-mail:  1706207@buxelektr.uz
Ish tartibi:
Ish kunlari: dushanba-juma – 9:00 dan 18:00 gacha.

Tushlik vaqti: 13:00 dan  14:00 gacha.
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba va bayram kunlari.

Бухоро туман ЭТК

Раҳбар:  Набиев Одил Қосимович

Манзил:  Бухоро вилояти,  Бухоро тумани,   Дўстлик кўчаси, 1 уй

Телефон:  542-54-95

E-mail:  1706207@buxelektr.uz

Иш тартиби:

Иш кунлари:  душанба-жума –  9:00 дан  18:00 гача.

Тушлик вақти:  13:00 дан  14:00 гача.

Дам олиш кунлари:  шанба, якшанба ва байрам кунлари.

Бухарское районное ЭСП

Руководитель:  Набиев Одил Косимович

Адрес:  Бухарская область,  Бухарский район , ул. Дустлик, дом 1

Телефон:  542-54-95

E-mail:  1706207@buxelektr.uz

Порядок работы:

Рабочие дни:  понедельник-пятница –  с   9:00 до 18:00.

Время обеда:  с 13:00 до 14:00.

Выходные дни: суббота,  воскресенье и праздничные дни.