E'lonlar
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga !
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2015 yil yakunlariga bag’ishlanib, 2016 yil 30 iyunda bo’lib o’tgan umumiy yig’ilishda jamiyatning imtiyozli aksiyalariga dividend to’lash to’g’risida qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofik, jamiyat tomondan chiqarilgan va joylashtirilgan xar bir imtiyozli aksiyaga, aksiya nominal qiymatinig 40 foizi miqdorida dividend to’lanadi. Imtiyozli aksiyalarga hisoblangan dividend, O’zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 51-moddasi va jamiyat Ustavining 7.9. bandiga asosan, dividend to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 60 kun ichida to’lanadi. Dividend to’lash 2016 yilning 30 iyundan boshlanib, joriy yilning 28 avgustiga qadar yakunlanadi. Dividendlarni olish bo’yicha jamiyat hisobxonasiga murojaat etishingiz mumkin.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati.
Chop etilgan: 19.07.2016 y
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ ning аksiyadorlari diqqatiga!
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida (O’zRQ-370 son 06.05.2014 y.) O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ barcha aksiyadorlarni o’zini elektron pochta manzilini taqdim etishini so’raydi.
Ma’lumot uchun telefon raqamlari:
- 8(365) 225-04-56,
- 8(365) 220-50-34.
Chop etilgan 10.09.2015 y.
——————————————————————————————————————————————————————————————-
Elektr energiyasining maishiy iste’molchilari diqqatiga!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari”ga muvofiq maishiy iste’molchilar to’lov bo’yicha qarzdor bo’lganda, to’lov muddati o’tgan har bir kun uchun to’lov muddati o’tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o’tgan to’lov summasining 50 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda penya to’laydilar.
Elektr energiyasi uchun haq to’lash maishiy iste’molchi tomonidan hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-kunigacha amalga oshirilishi shart.
Qonunchilik talablariga muvofiq 2015 yil yanvar oyidan boshlab, muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun to’lanmagan jami garzdorlik summasiga penya hisoblanadi.
Еlektr energiyasi uchun hisob-kitoblar holati to’g’risidagi ma’lumotni olish yuzasidan hududiy elektr ta`minoti korxonasiga murojaat etish lozim.
Elektr energiyasi ta`minotining ishonchlilik samaradorligini oshirilishida, foydalanilgan elektr energiyasi uchun o’z vaqtida to’lovni amalga oshirishingizni so’raymiz.
Chop etilgan 20.01.2015 y.