Tadbirlar

navruz-uzNavro’z – bahor va yangilanish bayrami

Bahor va yangilanish bayrami – “NAVRO’Z” o’lkamizning turli go’shalarida hamon ko’tarinki kayfiyat, shodu-xurramlik bilan nishonlanmoqda. Har bir tashkilot, mahalla, oilaga kirib bormang, ushbu ayyomni zo’r quvonch, totuvlik, to’kinlik, bag’rikenglik bilan o’tkazilayotganiga guvoh bo’lasiz. Ana shunday fayzli tadbir 2016 yil 19 mart kuni “Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari korxonasi” AJ da NAVRO’Z AYOMI juda katta tantanaga aylandi. Aktsiyadorlik jamiyatining 1700 nafar jamoasi bayramni do’stlik, biradorlik, shodlik va to’kinchilik bilan kutib olishdi. Tadbirni jamiyat bosh direktori Mamatov Raxmatullo Jumaevich ochdi va barcha jamoani bayram bilan tabrikladi.

Shundan keyin korxonaning katta maydonida 21 ta bo’linmalari orasida milliy taomlar, bahor pishiriqlari, milliy saxna bezaklar va lapar va yallalar bilan ko’rik tanlov, palov sayli boshlanib ketdi. Uchta shart asosida belllashuvlar olib borildi “Eng moxir oshpaz tanlovi”,“Bezatilgan bayram dasturxoni tanlovi” va “Eng yaxshi sahna ko’rinishi tanlovi”laridir.

San’atni qoyil qilgan nurchilar

Katta sahnada qo’shiq aytayotgan, raqs tushayotgan korxona ishchilarini haqiqiy san’atkorlardan ajratib bo’lmay qoldi. Maxsus sahna liboslarida andijoncha, xorazmcha raqslarni maromiga etkazib ijro etishdi. Shuningdek, Vatan, ona va mehr-muxabbat haqidagi qo’shiqlar ko’p millatli korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilarning o’zaro hamjihatligidan darak beradi.

San’atga qiziquvchilar orasida fol’klor jamoalari tuzildi, lapar, yallalarni qoyilmaqom qilib ijro etishdi. Qiziqchi yigitlarning yuragida o’ti borligi, iste’dodi tomoshabinlarni hayratlantirdi. Ular tayyorlagan bayram dasturi, hazil-mutoyibalar ham kasbimizga doir. Stsenariy pishiq, qiziqarli tuzilgan. Chetdan mutaxassis kelib tuzib bergani yo’q. Bular xammasi o’zimizning yosh shijoatli yigit qizlarimizning chiqishlari edi xolos. Bayramda raqsga tushmagan, xursand bo’lmagan odam qolmadi.

“Eng yaxshi sahna ko’rinishi” tanlovida “Shofirkon elektr ta’minoti korxonasi” 1-o’rinni, 2-o’rin “Qorako’l elektr ta’minoti korxonasi”ga berildi, o’zining ijodkorligi, kulgili sahna ko’rinishlari bilan hammani lol qoldirgan korxona boshqarmasi ayollariga 3-o’rin berildi.

Korxonamizda bayram sayli kechgacha davom etdi. O’zining salohiyati bilan yuksalib borayotgan “Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari korxonasi” AJdagi ahillik, birdamlik, o’zaro hurmat-e’tiborga har qancha havas qilsa arziydi. Navro’z esa ularning ko’ngliga Vatanga bo’lgan muhabbat, qadimiy bayramlarimizga hurmat, qadriyatlarimizni qadrlash hislarini solgani bilan ahamiyatli bo’ldi. Navro’z bayramini nishonlash davlat siyosati darajasi ko’tarilgani, tariximizga bo’lgan e’tibor, qadriyatlarimiz yuksalayotganining yana bir isbotidir. 3000 yillik o’tmishga ega, milliy g’ururimiz bo’lgan Navro’z yasharish va yashnash fasli bahor kabi qayta-qayta elimizga mehmon bo’laveradi.

To’kinlik, do’stlik abadiy bo’lsin.

Chop etilgan vaqti 22 mart 2016 yil