Aslonov Ilxom Rustamovich
Mansabdor majburiyatlari
Moliya-iqtisod masalalari va energiya sotish bo’yicha bosh direktor o’rinbosarining asosiy vazifasi Magistral elektr tarmoqlaridan qabul qilingan elektr energiya miqdorini (tovar mahsulotini) tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari tarmoqlariga rasmiylashtirish va har oylik elektr energiyasi iste’molini barcha turdagi iste’molchilar kesimida to’liq hisob-kitob qilinishi va mablag’larni o’z vaqtida undirilishini ta’minlashdir.
«Buxoro HETK» AJ tomonidan berilgan bosh ishonchnoma asosida faoliyat yuritayotgan Elektr ta’minoti korxonalarining iste’molchilar bilan elektr ta’minoti shartnomalarini tuzish, bekor qilish yoki ularga o’zgartirish kiritish va elektr energiyasini taqsimlash va sotish bo’yicha bajarilayotgan ishlarni nazorat qilish.
Elektr xo’jaligi obyektlarida elektr energiyaning texnologik yo’qotishlarni kamaytirish bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqishni tashkil qilish. Iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to’lovlarni o’z vaqtida undirish choralarini ko’rish.
Iste’molchilarga yetkazilayotgan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimda ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlarini o’rnatilishini tashkil qilish.