Elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.
Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Kogon shahar “Buxoroi sharif” MFY Elobod ko’chasi aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy soha obe’ktlari elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida Elobod ko’chasiga 41 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatilib, 2800 metr uzinlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortilmoqda.
Shuningdek, hududdagi elektr energiyasi iste’molchilariga elektr energiyasini yanada sifatli qilib yetkazib berish maqsadida bir dona 250 kVAli transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 1 aprel soat 23:00dan 3 aprel soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati