"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Haydarov Qobiljon Komilovich

MEHNAT FAOLIYATI

2004 – 2008 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

2008 – 2010 yy. – “Buxoro elektr tarmoklari» ochik aksiyadorlik jamiyati Energosotish bulimi 7 razryadli muxandisi                                 

2010 – 2012 yy. – “Buxoro xududiy  elektr tarmoklari korxonasi» ochik aksiyadorlik jamiyati   

                               Energosotish bulimi katta tashkilotlar buyicha muxandisi

2012 – 2015 yy  – “Buxoro xududiy  elektr tarmoklari korxonasi” ochik aksiyadorlik jamiyati     

                               Energosotish bulimi sxemalar bilan ishlash muxandisi

2016 – 2017 yy. –  Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Energosotish departamenti yirik    

                               iste’molchilar bilan ishlash bo’limi yetakchi muhandisi .

2017 – 2019  yy. –  “Buxoro XETK” AJ  EEXOBOTK bulimi muxandisi.

2019  –  2021 yy – “Buxoro XETK” AJ  MIB bilan ishlash bo’limi boshlig’i.

2021 – 2025 yy  –  “Buxoro XETK” AJ  ETK  bilan ishlash bo’limi boshlig’i.

15.05.2025 yilgacha  – “Energosavdo filiali” Buxoro bo’linmasi direktor o’rinbosari

10.09.2025 yildan  – “Buxoro HETK” AJ Elektr energiyasi oqimlari hisobi va yo’qotishlarni kamaytirish masalalari bo’yicha direktor o’rinbosari

“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida seminar tadbirlari bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» Ajda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida seminar tadbirlari bo’lib o’tdi. Shuningdek, Konstitutsiya kuniga bag’ishlab shaxmat, shashka bo’yicha sport musobaqalari tashkil qilindi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Maxsus taktik o’quv mashqlari bo’lib o’tdi.

Jondor tuman elektr ta’minoti korxonasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida Jondor tuman elektr ta’minoti korxonasining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi sinovdan o’tkazildi hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga tayyor deb baholandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan e’lon qilingan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Mas’ullar tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu illatga imkon berayotgan omillarni o’z vaqtida aniqlash va unga chek qo‘yish barcha sohalardagi dolzarb vazifa ekanligini bo’yicha jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga barchamiz birdek mas’ul ekanligimiz eslatib o‘tildi.

“ISROFGARCHILIKKA YO’L QO’YMAYLIK”

Elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanish, uni behudaga sarflash natijasida qancha elektr energiyasi isrof bo’lishini bilasizmi?.

Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz zarur. Bu orqali Vatanimiz iqtisodiyotining yanada ravnaq topishi va energotizimning barqaror va samarali ishlashiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.

MAXSUS VIDEOROLIKNI KO’RISH

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

HAR BIR ISHNI XAVFSIZ TASHKIL ETISH LOZIM.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining xodimlari bilan ish jarayonlarinida “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga qat’iyan amal qilish, xavfsiz ish sharoitlarini tashkil etish, doimo xushyor holatda ta’mirlash ishlarini bajarish, shu bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan yo’riqnoma o’tkazildi. Shuningdek, tizimda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalarning tafsilotlari xodimlar bilan birgalikda ishlab chiqildi va maxsus tayyorlangan videoroliklar namoyish qilindi.
Masullar tomonidan har bir xodimning salomatligi, ish jarayonlarini xavfsiz bajarib, oilasi bag’riga eson-omon qaytib borishi muhumligi ta’kidlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati