Xususiy aksiyalarni sotib olish
“Buxoro HETK” AJ ayni vaqtda jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishni amalga oshirmayapti.
“Buxoro HETK” AJ ayni vaqtda jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishni amalga oshirmayapti.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ haqiqatdan ham jamiyat tomonidan aksiya sotib olish holati sodir etilmaganligi to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Joriy ma’lumotlar Muhim faktlar menyusida
Joriy ma’lumotlar Muhim faktlar menyusida
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bayram kunlarida ham isteʼmolchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida navbatchilik asosida 24 soatlik ish faoliyatini olib bormoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Assalomu aleykum qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2024 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil xonadoningizga fayzu – baraka, quvonch va shodlik, dasturxoningizga to’kin sochinlik olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.
Mamnuniyat ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
Buxoro shahar “Muxtor Ashrafiy” mahalla fuqarolar yig’ini Zebiniso ko’chasi aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 0.4 kVli elektr uzatish tarmog’ini yangilash ishlari olib borilmoqda. Buning uchun hududga olib kelingan 10 dona mustahkam temir beton tayanchlar o’rnatilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qо‘shimcha dam olish kunlari (30 dekabr – 2 yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bо‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud tо‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali tо‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tadi.
Shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilishni, nosoz va nostandart qurilmalardan foydalanmaslikni hamda yoritish bezaklarini nazoratsiz qoldirmaslikni sо‘rab qolamiz.
Ma’lumot uchun: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.