“Behuda yonib turgan chiroqlarni ko‘rsam azoblanaman” — fuqaro energiya tejamkorlik va samaradorlik haqidagi fikrlari.
“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasidan nooqilona foydalanishni olidini olish maqsadida iste’molchilarga tegishli tartibda tushuntirish va profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Ammo ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan tushuntirishlarga e’tiborsizlik bilan qarash natijasida kunning yorug‘ vaqtida ham ko‘cha chiroqlaridan foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi: Kambag‘al oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiyani avtomatik ravishda kartalariga qabul qiladilar
🔥💡 Ushbu mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasi xarajatlarini qisman yengillashtirishga xizmat qiladi. Davlat tomonidan mazkur kompensatsiyalar uchun 370 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
📅 Yakuniy ro‘yxatlar 2024-yil 27-oktyabr kuni tasdiqlanadi.
👉 Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lganlar va mablag‘larning tushirilish vaqti haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerak, bu kompensatsiya davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yagona yordam turi emas. Isitish mavsumida ijtimoiy me’yordan ortiq elektr energiyasi va gaz sarfiyoti uchun ham ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha kompensatsiyalar beriladi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning O’ta kuchlanishdan himoya qilish va izolyatsiyali sinash xizmati xodimlari tomonidan podstansiyalardagi elektr qurilmalarining sozligi, ulanish nuqtalarining mustahkamligi, ularda me’yordan ortiq qizish holatlarining mavjudliligi maxsus, teplovizor qurilmasi yordamida nazoratdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Bunday jarayonlar podstansiyalarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish, elektr uskunalarining xizmat ko‘rsatish muddatini oshirish va iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.
Avval xabar berganimizdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, hududlar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora – tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ta’kidlash joizki, joriy yilda yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati oshirish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Shofirkon tumanidagi “Qodir Jo’rayev” 35/10 kV podstansiyasida quvvati 4 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori 10 000 kVAlisiga almashtirilib, ishga tushirildi.
Natijada Shofirkon tumanidagi 3000 yaqin aholi va 250 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilandi. Shuningdek, podstansiyada zaxira quvvatlari ham yaratildi.
Buxoro viloyati aholisi, ijtimoiy obyektlar va tadbirkorlarni har bir mavsumda barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining ustuvor vazifasi sanaladi. Ayni shu vazifa asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar doirasida hududlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ishlari amalga oshiriladi.
Joriy yilda ham bu borada qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati bir necha barobarga oshirilayotir. Ana shunday yangilanishlardan biri Shofirkon tumanidagi “Yaxshi Norovich” 110/35/10 kV podstansiyasida bajarildi. Bu yerdagi quvvati 10 000 kVA bо‘lgan kuch transformatori 25 000 kVAlisiga almashtirilib, ishga tushirildi.
Kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik davomida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Buxoro shahridagi 705ta transformator punktlari birma – bir ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Ta’mirlash brigadalarining mutaxassis xodimlari elektr qurilmalarning sozligini tekshirish, ulanish nuqtalarini mustahkamlash, transformatorning moy sathini me’yor darajasiga keltirish, estetik holatini yaxshilash va bo’yoqlash ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan, korxona hisobidagi quvvati 400 kVA bo’lgan, № 790 – sonli, shahar tipidagi transformator punktining holati o’rganilib, joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Albatta, til bu – millat ko’zgusi. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o’zbek tili – ona tilimiz ta’sirida shakllangan. So’ngi yillarida barcha sohalar kabi davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli, tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xo’sh, bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda qanday ishlar olib borilmoqda? Korxonada ish yuritish, “O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq tashkil qilinganmi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida bugun «HET» AJ raisining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha maslahatchisi D.Habibova boshchiligidagi Tashkiliy qo‘mita a’zolari Buxoroda bo’lishdi. O’rganishlar davomida davlat tilida ish yuritish, xodimlarning til bo‘yicha bilimlarini oshirib borish va filialda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha aniq tavsiyalar berilib, tuzatishlar kiritish uchun muddatlar belgilandi.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashabbusi bilan “Davlat tili to’g’risida” gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag’ishlab “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida o’tkazilayotgan tanlov natijalari bo’yicha hisobotlar tinglandi.
⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Jondor tumanidagi “Luqmon” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi. 📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.