“Buxoro HETK” AJ tomonidan xalq manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PQ-3812-sonli qarori asosida “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha 2019 yilda Buxoro viloyatining mahallalarida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  tomonidan Buxoro shahrining “G‘afur G‘ulom”, “Turki Jandi”, “Mutal Burxonov” nomli mahallalarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Birgina “G‘afur G‘ulom” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr energiyasi iste’molini sifatli va uzluksizligini ta’minlash maqsadida,     2 dona 400/10 kVa quvvatga ega bo‘lgan transformator punktlari, 1 km uzunlikdagi 0,4-6/10 kV elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurildi va 12,7 km uzunlikdagi 0,4-6/10 kV elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi. Bu esa o‘z navbatida aholiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.

Shuningdek sohada kamchiliklar yetarli ekanligini to‘la anglagan “Buxoro HETK” AJ  jamoasi ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bor kuchi va g‘ayratini namoyon qilgani holda aholi va tadbirkorlik korxonalariga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida barcha choralarini ko‘rmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  Matbuot xizmati

BUXORO VILOYATINING G’IJDUVON TUMANIDA AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMNI JORIY ETISH ISHLARI BOSHLANDI.

Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi belgilangan.

 

Shunga ko‘ra, Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanida ham Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda EHNAT (ASKUE)elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

 

 

Shu yaqin kunlarda G’ijduvon tumanida reja asosida 57 mingga yaqin maishiy  iste’molchilar va 2 961 nafar yuridik iste’molchilarga elektr hisoblagichlari o’rnatish ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga viloyatdagi barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlari elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2019-2021 yillar davomida pudratchi tashkilot hamkorligida bosqichma-bosqich etkazib beriladigan ko‘p funksiyali “KAIFA” rusumli elektr hisoblagichlarga almashtiriladi va to‘liq Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanib, “Billing” markazi orqali boshqarilishi ta’minlanadi.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 22-sonli Qaroriga asosan, 2019 yilning 11 fevralidan boshlab maishiy iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun mavjud muddati o`tgan qarzdorlikning har bir kuni uchun to`lov muddati o`tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o`tgan qarzdorlik summasining 50 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda penya hisoblanadi.

Elektr energiyasi iste’molchilarining 2019 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirilgan oldindan to`lovlarini inobatga olgan holda hisoblagich ko`rsatkichlarini qayd etish va qayta hisob-kitob qilish orqali aniqlangan qarzdorliklari hisob-kitob davrining keying oyining 11-kunigacha bartaraf etilmagan taqdirda, mazkur summaga penya hisoblanadi.

«O‘zbekenergo»: Buxoroda avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish ishlari jadal davom etmoqda

Prezidentning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi belgilangan. 

Foto: O‘zbekenergo

“O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Buxoro viloyatida ham Janubiy Koreyaning “KT Corporation”  kompaniyasi bilan hamkorlikda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari davom etmoqda.

– Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgach, iste’molchilarning elektr hisoblagichlari masofadan turib boshqarilishi va elektr ta’minoti korxonasi bilan iste’molchilarga bir qator qulayliklar yaratiladi, – deydi Buxoro viloyati Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bosh direktori Istam Ahmetov. – Qolaversa, iste’mol qilingan elektr energiyasining to‘lovlarini yig‘ishdagi muammolar hal etiladi ya’ni, iste’molchilarga  elektr energiyasi yetkazib berish oldindan to‘langan haq doirasida amalga oshirilganligi sababli, ta’minotchi korxona hamda iste’molchilar o‘rtasidagi noaniq qarzdorlik masalasi o‘z yechimini topadi,  transformator punktlaridan oqib o‘tayotgan elektr energiyasi va texnik yo‘qotishlarning real vaqtdagi miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi.

Foto: O‘zbekenergo

Iste’molchilarga foydalanilgan elektr energiyasi miqdori, to‘lagan mablag‘i, avariyali va rejali o‘chirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘l telefonlariga yuboriladigan SMS xabarlar orqali bilib olish imkoni mavjud bo‘ladi. Ayni paytda Buxoro shahriga 36288 dona  elektr hisoblagichlar yetkazib berildi. Buxoro shahridagi  ko‘p qavatli uylarning 35 ming xonadonida  elektr hisoblagichlar o‘rnatildi. Joriy yilning oxiriga qadar 400 000 dona elektr hisoblagichlar va apparat komplekslari yetkazib berilishi rejalashtirilgan. 

Buxoro shahrida 77 990 nafar iste’molchilarning elektr hisoblagichlari mavjud bo‘lib, ushbu ishlar reja asosida 1-chorakda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, viloyatdagi barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlari elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2019-2021 yillar davomida pudratchi tashkilot  hamkorligida bosqichma-bosqich yetkazib beriladigan ko‘p funksiyali  “KAIFA” rusumli elektr hisoblagichlarga almashtiriladi va to‘liq Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanib, “Billing” markazi orqali boshqarilishi ta’minlanadi.

Manba: Kun.uz

2018 yilda amalga oshirilgan va 2019 yilgi vazifalar to'g'risida

Buxoro viloyatida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida

2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yilgi vazifalar to’g’risida ma’lumot

 “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” tomonidan viloyatimizning jami 407 474 ta, shu jumladan, 387 641 ta maishiy iste’molchisi va 19 833 ta ulgurji iste’molchisiga sifatli va mustahkam elektr energiyasi yetkazish maqsadida, korxonamiz hisobidagi 14 481,39 km 0,4-6-10 kV elektr uzatish tarmoqlari, 4580 dona 6-10/0,4 kV transformator punktlari, 14 24,74 km 35-110 kV elektr uzatish tarmoqlari va 87 dona nimstansiyalar ekspluatatsiya qilinib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi PK-3849-sonli «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonamiz tomonidan joriy yilda 2121,5 km 0,4-6/10 kVli tarmoqlari, 667 dona 6-10/0,4 kVli transformator punktlari, 143,93 km 35-110 kVli tarmoqlar, 5 dona 35-110 kVli kuch transformatorlari mukammal ta’mirlandi va 3653,2 km 0,4-6/10 kVli tarmoqlari, 1334 dona 6-10/0,4 kVli transformator punktlari, 638,4 km 35-110 kVli tarmoqlar va 42 dona 35-110 kVli nimstansiyalar joriy ta’mirlanib, 1 mlrd 596,6 mln.so’m mablag’ sarflandi.

Shuningdek, o’ta yuklanish bilan ishlayotgan 21 dona transformatorlar yuqori quvvatliga almashtirildi, 23 dona har xil quvvatli zahira transformatorlar zahirasi yaratildi. Shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida kuz-qish mavsumida yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 15 ta avariyani bartaraf etish brigadalari tashkil etilib, ular aloqa vositalari va 15 ta avtotransport vositalari bilan ta’minlandi hamda 11,2 tonna transformator moyi zahirasi yaratildi.

Viloyatdagi ijtimoiy soxa ob’yektlarini elektr energiya bilan ta’minlovchi 3066,8 km elektr uzatish tarmoqlari va 645 dona transformator punktlari navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi.

Uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan va ma’nan eskirgan elektr uzatish tarmoqlarini yangilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661-sonli “2017-2021 yillar davrida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash Dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha quyidagilar amalga oshirildi:

Dastur davomida 2017 yilda 487.0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 102 dona transformator punktlari qurilib, 22 mlrd 107,1 mln.so’m mablag’ sarflandi, 2018 yilda 739,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 182 dona transformator punktlari qurilib, 37 mlrd 827,3 mln.so’m mablag’ sarflandi hamda 2019 yilda 753,9 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 358 dona transformator punktlarini qurish ishlari rejalashtirilgan va bu ishlar kelgusi yillarda ham davom ettiriladi.

Joriy yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyat bo’yicha 54 ta mahalladagi 95 855 dan ortiq aholi xonadonlariga, tadbirkorlik sub’yektlariga va ijtimoiy soxa ob’yektlariga yetkazib berilgan elektr energiyasining sifat parametrlari yaxshilandi.

Kuz-qish mavsumida iste’molchilarning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun barcha zaruriy choralar ko’rilganligini ma’lum qilamiz.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo’yicha 2019 yilgi vazifalar

“Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish” Dasturi doirasida 2019 yilda jami 753,9 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 358 ta transformator punktida yangi qurilish va rekonstruktsiya ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

“Obod qishloq” Dasturi bo’yicha 305,0 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 99 ta transformator punktida yangi qurilish va ta’mirlash ishlari bajariladi.

Elektr uskunalarni 2019/2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 2337,2 km uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari va 683 ta transformator punkti mukammal ta’mirlanadi.

Viloyatda qurilayotgan namunaviy uy-joylar, hokimiyat rahbarlari xizmat uylari, profilaktika inspektorlari, harbiy xodimlari uylari hamda yosh oilalar uchun uylar va shaharlardagi arzonlashtirilgan ko’p qavatli uy-joylar elektr ta’minoti uchun jami 21,2 km elektr uzatish tarmoqlarni qurish va 28 ta transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.