Bugun 11-noyabr – Xalqaro energiyani tejash kuni

“Resurslar va energiyadan foydalanish boʻyicha maktab loyihasi” (SPARE – School Project for Application of Recourses and Energy) xalqaro ekologik tarmoq tashabbusi bilan 11-noyabr kuni “Xalqaro energiyani tejash kuni” deb eʼlon qilingan.

Ushbu bayramni belgilash toʻgʻrisida qaror 2008-yilning aprelida Qozogʻistonda SPARE koordinatorlarining xalqaro yigʻilishida qabul qilingan.

2008-yil noyabrida jahonda ilk bor energiyani tejash kuni nishonlandi va ushbu bayram xalqaro maqomga ega boʻldi, chunki mazkur loyihada 20ga yaqin davlat ishtirok etdi.

Bayramning asosiy maqsadi — resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir. Ancha keng maʼnoga ega boʻlgan energiyani tejash masalasi atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirishni ham nazarda tutadi.

11-noyabr O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda “11-noyabr O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Inson qadri uchun, el yurt baxti uchun!” shiori ostida bayram tadbri tashkil qilindi. Tadbirda sportning shaxmat va shashka turlari bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musoboqada jamiyat tarkibidagi barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalaridan zukko xodimlar ishtirok etdi va bellashuvlar qiziqarli bahslarga boy bo’ldi. Aql mashqida yuqori natijalarni ko’rsatgan bir guruh xodimlar jamiyat kasaba uyushmasining estalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, uyushmaning faol a’zolari O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.

Yakunda korxona xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi. Tadbir soha xodimlarga yaxshi kayfiyat va quvonch ulashdi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Energetika_xavfsizligi_oyi

“Buxoro» telekanali «Dolzarb mavzu» ko’rsatuvining navbatdagi sonida viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha kommunal xizmatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.

Ko’rsatuv davomida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi Zohir Rustamov tomonidan mavsumga tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berildi.

KO’RSATUVNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Energetika_xavfsizligi_oyi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha shtab faoliyati favqulodda ish rejimi tartibiga o‘tkazildi

Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qaror qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan joriy yilning noyabr oyi “Energetika xavfsizligi oyi” deb e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi (hududiy shtablar) faoliyati favqulodda ish rejimi tartibiga o‘tkazildi;

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish hamda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan kundalik nazorat joriy etildi;

Turar joylar va tadbirkorlik subyektlarida o‘g‘rilikni o‘z vaqtida fosh etishda jamoatchilik imkoniyatlaridan keng foydalanish amaliyoti tadbiq etiladi;

Yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-tarojligini sodir etgan aybdorlarga nisbatan jazoni muqarrarligi ta’minlanadi.

Hurmatli Iste‘molchilar!

Unitmang, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy choralar koʻriladi!

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi…

Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining chegara hududida joylashgan, suv inshootlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning O’ta kuchlanishdan himoya qilish va izolyatsiyali sinash xizmati xodimlari tomonidan podstansiyalardagi elektr qurilmalarining sozligi, ulanish nuqtalarining mustahkamligi, ularda me’yordan ortiq qizish holatlarining mavjudliligi maxsus, teplovizor qurilmasi yordamida nazoratdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.
Bunday jarayonlar podstansiyalarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish, elektr uskunalarining xizmat ko‘rsatish muddatini oshirish va iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

PODSTANSIYANING QUVVATI OSHIRILDI

Avval xabar berganimizdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, hududlar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora – tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy yilda yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati oshirish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Shofirkon tumanidagi “Qodir Jo’rayev” 35/10 kV podstansiyasida quvvati 4 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori 10 000 kVAlisiga almashtirilib, ishga tushirildi.

Natijada Shofirkon tumanidagi 3000 yaqin aholi va 250 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilandi. Shuningdek, podstansiyada zaxira quvvatlari ham yaratildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati