2018 yilda amalga oshirilgan va 2019 yilgi vazifalar to'g'risida

Buxoro viloyatida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida

2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yilgi vazifalar to’g’risida ma’lumot

 “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” tomonidan viloyatimizning jami 407 474 ta, shu jumladan, 387 641 ta maishiy iste’molchisi va 19 833 ta ulgurji iste’molchisiga sifatli va mustahkam elektr energiyasi yetkazish maqsadida, korxonamiz hisobidagi 14 481,39 km 0,4-6-10 kV elektr uzatish tarmoqlari, 4580 dona 6-10/0,4 kV transformator punktlari, 14 24,74 km 35-110 kV elektr uzatish tarmoqlari va 87 dona nimstansiyalar ekspluatatsiya qilinib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi PK-3849-sonli «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonamiz tomonidan joriy yilda 2121,5 km 0,4-6/10 kVli tarmoqlari, 667 dona 6-10/0,4 kVli transformator punktlari, 143,93 km 35-110 kVli tarmoqlar, 5 dona 35-110 kVli kuch transformatorlari mukammal ta’mirlandi va 3653,2 km 0,4-6/10 kVli tarmoqlari, 1334 dona 6-10/0,4 kVli transformator punktlari, 638,4 km 35-110 kVli tarmoqlar va 42 dona 35-110 kVli nimstansiyalar joriy ta’mirlanib, 1 mlrd 596,6 mln.so’m mablag’ sarflandi.

Shuningdek, o’ta yuklanish bilan ishlayotgan 21 dona transformatorlar yuqori quvvatliga almashtirildi, 23 dona har xil quvvatli zahira transformatorlar zahirasi yaratildi. Shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida kuz-qish mavsumida yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 15 ta avariyani bartaraf etish brigadalari tashkil etilib, ular aloqa vositalari va 15 ta avtotransport vositalari bilan ta’minlandi hamda 11,2 tonna transformator moyi zahirasi yaratildi.

Viloyatdagi ijtimoiy soxa ob’yektlarini elektr energiya bilan ta’minlovchi 3066,8 km elektr uzatish tarmoqlari va 645 dona transformator punktlari navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi.

Uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan va ma’nan eskirgan elektr uzatish tarmoqlarini yangilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661-sonli “2017-2021 yillar davrida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash Dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha quyidagilar amalga oshirildi:

Dastur davomida 2017 yilda 487.0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 102 dona transformator punktlari qurilib, 22 mlrd 107,1 mln.so’m mablag’ sarflandi, 2018 yilda 739,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 182 dona transformator punktlari qurilib, 37 mlrd 827,3 mln.so’m mablag’ sarflandi hamda 2019 yilda 753,9 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 358 dona transformator punktlarini qurish ishlari rejalashtirilgan va bu ishlar kelgusi yillarda ham davom ettiriladi.

Joriy yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyat bo’yicha 54 ta mahalladagi 95 855 dan ortiq aholi xonadonlariga, tadbirkorlik sub’yektlariga va ijtimoiy soxa ob’yektlariga yetkazib berilgan elektr energiyasining sifat parametrlari yaxshilandi.

Kuz-qish mavsumida iste’molchilarning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun barcha zaruriy choralar ko’rilganligini ma’lum qilamiz.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo’yicha 2019 yilgi vazifalar

“Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish” Dasturi doirasida 2019 yilda jami 753,9 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 358 ta transformator punktida yangi qurilish va rekonstruktsiya ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

“Obod qishloq” Dasturi bo’yicha 305,0 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 99 ta transformator punktida yangi qurilish va ta’mirlash ishlari bajariladi.

Elektr uskunalarni 2019/2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 2337,2 km uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari va 683 ta transformator punkti mukammal ta’mirlanadi.

Viloyatda qurilayotgan namunaviy uy-joylar, hokimiyat rahbarlari xizmat uylari, profilaktika inspektorlari, harbiy xodimlari uylari hamda yosh oilalar uchun uylar va shaharlardagi arzonlashtirilgan ko’p qavatli uy-joylar elektr ta’minoti uchun jami 21,2 km elektr uzatish tarmoqlarni qurish va 28 ta transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan hujjatlar

adliya

“Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”
“O‘zdavenergonazorat”Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i, 10.10.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1864

“Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 31.07.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2127

Электр энергия тарифлари (2018 йил 1 ноябр)

Электр энергияси учун янги тарифлар

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ёқилғи-энергетика ресурслари  нархларининг ва тарифларининг босқичма-босқич ўзгариши тўғрисида”ги 2018 йил 1 ноябрдаги 897-сонли қарорига асосан “Ўзбекэнерго” АЖ 2018 йил 16 ноябрдан бошлаб электр энергиясининг нархлари ошганлигини маълум қилади.  Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан тасдиқланган 2018 йил 1 ноябрдаги 19-03-22-06-ЎзР-67-2018 сонли

ПРЕЙСКУРАНТИ

Гуруҳ

Номи

Нархи

2018-йил 16-ноябрдан

2019-йил 1-июндан

I гуруҳ

Уланган қуввати 750 кВА ва ундан ортиқ бўлган, электр энергияси учун табақалаштирилган тарифлар бўйича ҳисоб-китоб қиладиган истеьмолчилар, бюджет ташкилотлари, фермер хўжаликлари ва сув истеьмолчилари уюшмаларининг насос станциялари, шунингдек давлат бюджетидан молиялаштириладиган насос станциялари бундан мустасно

331,00

370,00

II гуруҳ

Электр энергияси учун бир ставкали тариф бўйича ҳисоб-китоб қиладиган истеьмолчилар, маиший истеьмолчилардан ташқари

Маиший истеьмолчилар

331,00

 

250,00

370,00

 

280,00

III гуруҳ

Турар-жой бинолари ва ётоқхоналарда яшовчи уй-жой, белгиланган тартибда озиқ-овқат маҳсулотларини тайёрлаш учун электр плиталари билан жиҳозланган маиший истеьмолчилар учун

125,00

140,00

IV гуруҳ

I ва II тариф гуруҳлари истеьмолчилари томонидан технологик мақсадда электр иситиш, шунингдек биноларни иситиш, иссиқ сув таьминоти ва овқат тайёрлашда фойдаланилган электр энергияси учун

 

 

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 8-сонли ПҚ-3379-сонли қарори билан тасдиқланган маҳсулотларни ишлаб чиқарувчи ва алоҳида хизматларни кўрсатувчи истеьмолчилар учун

 

350,00

 

 

 

365,00

 

 

 

392,00

 

 

 

409,00

Изоҳ:   1. Ушбу тарифлар 1 кВт соат электр энергияси учун қўшилган қиймат солиғи ҳисобланган ҳолда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ёқилғи-энергетика ресурслари нархларининг ва тарифларининг босқичма-босқич ўзгариши тўғрисида”ги 2018 йил 1 ноябрдаги 897-сонли қарори ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Электр энергияси ва табиий газдан фойдаланиш тартибини такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” 2018 йил 12 январ 22-сонли қарори билан тасдиқланган электр энергиясидан фойдаланиш қоидасига асосан ўрнатилган.

  1. Ушбу реестр кучга кириши билан 2018 йил 14 мартдан амал қилган 19-03-22-06-ЎзР-6-2018 сонли Реестри ўз кучини йўқотади.

Elektr energiya tariflari (2018 yil 1 noyabr)

Elektr energiyasi uchun yangi tariflar

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg’i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida”gi 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan «O’zbekenergo» AJ 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil 1 noyabrdagi  19-03-22-06-O’zR-67-2018 sonli          

PREYSKURANTI

Guruh Nomi Narxi

2018-йил 16-ноябрдан

2019-йил 1-июндан

I guruh Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno 331,00 370,00
II guruh

Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari

 

Maishiy iste’molchilar

331,00

 

 

250,00

370,00

 

 

280,00

III guruh Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun 125,00 140,00
IV guruh

I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-sonli PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlarni ko’rsatuvchi iste’molchilar uchun

350,00

 

 

365,00

392,00

 

 

409,00

Izoh:

  1. Ushbu tariflar 1 kVt soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg’i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida”gi 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan o’rantilgan.
  2. Ushbu reyestr kuchga kirishi bilan 2018 yil 14 martdan amal qilgan 19-03-22-06-O’zR-6-2018 sonli Reyestri o‘z kuchini yo‘qotadi