Author: hetk
Buxoro viloyatida joriy qilingan АSKUE tizimini nazorat qilish uchun “Buxoro HETK” АJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr taʼminoti korxonalarida mini “Data centr”lar faoliyati yoʼlga qoʼyildi.
Buxoro viloyatida joriy qilingan АSKUE tizimini nazorat qilish uchun “Buxoro HETK” АJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr taʼminoti korxonalarida mini “Data centr”lar faoliyati yoʼlga qoʼyildi.
Аyni kunlarda, АSKUE xodimlarining malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida oʼquv seminarlari oʼtkazilmoqda.
“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati
Loyihalash guruhi keng va yorugʼ, barcha qulayliklarga ega toʼla taʼmirlangan xonada ish boshladi.
Bugungi kunda “Buxoro HETK” АJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan har bir xodimga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Darhaqiqat, soʼnggi yillarda boʼlim va xizmatgohlar xonalarini toʼla taʼmirlab, zamonaviy mebellar toʼplami bilan jihozlash hamda shahar va tuman elektr taʼminoti korxonalarining maʼmuriy binolarida birma-bir mukammal taʼmirlash ishlari bajarilmoqda va xodimlarning zamonaviy, shinam xonalarda mehnat qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Xuddi shunday yangilanishlardan yana biri Loyihalash guruhi uchun ham amalga oshirilib, guruh uchun ajratilgan xona toʼla taʼmirdan chiqarildi. Ushbu xona guruh faoliyati uchun kerakli, yuqori modifikatsiyadagi kompyuter va printer qurilmalari hamda zamonaviy mebellar toʼplami bilan jihozlangan. Shuningdek, kompyuterlarda kerakli dasturiy komplekslar oʼrnatilgan boʼlib, ular internet tarmogʼiga ulangan.
“Biz yaratib berilgan imkoniyat va qulayliklardan xursandmiz, bu bizning kuchimizga kuch, gʼayratimizga gʼayrat qoʼshadi” –deydi guruh rahbari, uzoq yillar davomida sohada xizmat qilib kelayotgan, koʼplab yetuk mutaxassis xodimlar yetishib chiqishida oʼz hissasini qoʼshgan, ustozimiz Rahmon Rayimov.
Аlbatta bu kabi mehnat sharoitlari xodimlarda mamnunlik hissini uygʼotishi bilan birgalikda, oʼz zimmalaridagi vazifalarni masʼuliyat bilan ado etishga undaydi va mehnat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati
Buxoro viloyatida aholining elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojini toʼliq taʼminlash boʼyicha qanday choralar koʼrilmoqda?
Buxoro viloyatida aholining elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojini toʼliq taʼminlash boʼyicha qanday choralar koʼrilmoqda? Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida bajarilayotgan ishlar koʼlami qanday? Elektr energiyasiga talab kuchaygan bugungi issiq ob-havo sharoitida taʼminotda roʼy berayotgan uzilishlarning oldi qanday olinmoqda?
“Buxoro“ telekanali orqali toʼgʼridan toʼgʼri efirga uzatilgan ”Kun mavzusi“ koʼrsatuvida ayni shu haqda soʼz bordi.
Koʼrsatuvda “Buxoro HETK” АJ bosh direktori boshchiligida barcha shahar-tumanlar elektr taʼminoti korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.
“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati.
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
«Buxoro HETK» АJda «Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzusida Buxoro shahar Аdliya boshqarmasi boshligʼi А.Bafoyev ishtirokida oʼquv seminari oʼtkazildi.
Seminarda Buxoro shahar Аdliya boshqarmasi boshligʼi А.Bafoyev soʼzga chiqib korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat boʼlib, uning iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy zararlari, uning balosidan qutilish, islohotlarni korrupsiya changalidan qutqarish barchamizning sharafli burchimiz ekanligini yigʼilganlarga atroflicha tushuntirib berdi. Bu illatning tobora ildiz otishiga toʼsqinlik qilish nafaqat huquq targʼibot xodimlari vazifasi, balki har birimizning vazifamiz ekanligini alohida taʼkidlab oʼtdi.
Darhaqiqat bugun yurtimiz zaminidan korrupsiya balosini tak – tomiri bilan sugʼurib tashlash maqsadida koʼplab islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq natijalar koʼngildagidek emasligi ham barchaga ayon. Shunday ekan korrupsiyadan qutilish yoʼlida barchamiz birlashmogʼimiz, bir maqsad yoʼlida yoshlarimiz ongu shuurini korrupsiyadan holi millatda yashash quvonchi ila boyitmogʼimiz darkor.
Korrupsiya botqogʼiga botmay oʼzining halol mehnati bilan non topgan inson saodatga yetmogʼi tayin boʼlganidek, oʼziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxoʼrlik va taʼmagarlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrardir.
“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati.
ISTE'MOLCHILARNI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASH YO‘LIDA
“Buxoro HETK” AJ tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari ijrosi doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizasiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2661 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Xususan, Romitan TETK xodimlari tomonidan tumanning «Azizon» MFY “O‘ba qurilish” qishlog‘i iste’molchilarini me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 209-sonli transformator punktiga qo‘shimcha ravishda 160 kVA quvvatga ega bo‘lgan transformator punkti o‘rnatib berildi. Shuningdek, 2 km uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlarining amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda dasturga binoan 27 dona mustahkam temir-beton tayanchlarni qurish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Jondor tumani “Somonchiq” MFY Somonchiq qishlog‘ida “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Hudud aholisi hamda tadbirkorlarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 6 dona mavjud transformator punkti mukammal ta’mirlandi va qo‘shimcha 1 dona 100 kVA quvvatga ega bo‘lgan transformator punkti o‘rnatilib, montaj ishlari bajarildi. Shuningdek, 60 dona mustahkam temir-beton tayanch qurilib, 1,3 km uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmoqlari yangilandi va 2,3 km zamonaviy SIP kabellari tortildi.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.
"Buxoro HETK” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limi xodimlari o‘z kasbiy mahoratini oshirmoqda.
2020-yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, axborot texnologiyalari sohasida kuchli kadrlar tayyorlash va ushbu sohani O‘zbekiston Respublikasi aholisi orasida ommalashtirish imkonini beradigan ko‘plab loyihalar faol tashkil etilmoqda.
Belgilangan vazifalarni bajarish va aholining keng qatlamlariga axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park va IT Akademiyasi tomonidan “Dubay Future Foundation” bilan hamkorlikda talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalarni bepul o‘rganish imkoniyatini yaratish maqsadida “Udacity” kurslari asosida “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
“One Million Uzbek Coders” tashabbusi mahalliy IT ta’limini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, shu bilan O‘zbekiston aholisiga nafaqat ingliz tilida, balki o‘zbek tilida ham IT mutaxassisliklari uchun qulay va sifatli o‘qitish imkonini beradi. Loyihaning maqsadi IT mutaxassislari avlodini rivojlantirish, ularni axborot texnologiyalari sohasida kelgusida professional ish olib borishi uchun zarur barcha vositalar bilan jihozlashdan iborat.
“One Million Uzbek Coders” – (OMUC) loyihasi 4 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
• Android (Google bilan hamkorlikda);
• Front-end development;
• Full-stack development;
• Ma’lumotlarni tahlil qilish.
Har bir trek asosiy 120 soatlik yoki 12 haftalik kursdan boshlanadi.
Ayni paytda uzbekcoders.uz portalida 69 003 dan ortiq talabalar ro‘yxatga olingan, shundan 5 810 tasi ikkinchi bosqichdan o‘tdi va kurslarni muvaffaqiyatli yakunlaganligi uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limida ishlovchi barcha xodimlar uzbekcoders.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, “Front-end development” kursining “Qatnashuvchi” va “Bitiruvchi” bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda tegishli sertifikatlarga ham ega bo‘ldilar.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati