Author: hetk
Xususiy aksiyalarni sotib olish
“Buxoro HETK” AJ ayni vaqtda jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishni amalga oshirmayapti.
Kam quvvat sarflashi, xavfsizligi va shu kabilar haqida…
Kam quvvat sarflashi, xavfsizligi va shu kabilar haqida…
Bitta cho’g’lanma lampani zamonaviy LED lampaga almashtirish orqali oyiga 22,4 kVt•s, yiliga esa 271,5 kVt•s energiya tejalishini bilasizmi?
O’zbekistonda amaldagi 295 so’mlik tarif bo’yicha tejamkorlik oyiga 6608 so’mni (yoki yiliga 79 296 so’m) tashkil etadi.
Eslatib o’tamiz, 2015 yildan O’zbekiston hududiga quvvati 40 Vtdan ortiq bo’lgan cho’g’lanma lampalarini olib kirish, 2016 yilning 1 iyulidan esa bunday lampalarni ishlab chiqarish, hamda 2017 yil 1 yanvardan ularni sotish taqiqlangan edi (https://t.me/minenergy_uz/4637).
Infografikamizda LED lampalar nima sababdan tez ommalashib borayotganini ko’rsatib o’tamiz
Bilimdonlar bellashuvi natijalari
Avval xabar berganimizdek “Buxoro HETK” AJ tomonidan Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun jamiyat tarkibidagi bo’lim va xizmatgohlar, hamda elektr ta’minoti korxonalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarni rag’batlantirish, ularni kasbiy mahoratini oshirish, bilimlarini sinovdan o’tkazish, sohadagi talabchan, intiluvchan, shijoatli yosh mutaxassis kadrlar zahirasini yaratish maqsadida bilimlar bellashuvi tadbiriga start berilgan edi. Uch bosqichda o’tkazilgan bellashuvda 20 tadan iborat guruhlar ichidan kuchlilari saralandi. Yakunda o’zining bilim va salohiyatini namoyon qilgan Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi yoshlari iroda ko’rsatib, birinchi o’ringa sazovor bo’ldi. Bellashuv reglamentiga ko’ra eng yaxshi bilimdon nominatsiyasida ham g’olib aniqlanib, esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Yakunda soha xodimlari kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida bu kabi bellashuvlarni tez-tez o’tkazish bo’yicha jamiyat rahbariyati tomonidan chora-tadbirlar belgilandi.
Bilimdonlar bellashuviga start berildi
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun jamiyat tarkibidagi bo’lim va xizmatgohlar hamda tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarni rag’batlantirish, ularni kasbiy mahoratini oshirish, bilimlarini sinovdan o’tkazish maqsadida bilimlar bellashuvi tadbiriga start berildi. Bilimlar bellashuvi tadbirini uch bosqichda o’tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirdan ko’zlangan pirovard maqsad sohadagi talabchan, bilimli, intiluvchan yosh mutaxassis kadrlar zahirasini yaratishdan iboratdir.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati