Author: hetk
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Agar Siz, elektr ta’minotiga oid korrupsion holatga duch kelsangiz, korrupsion harakatlar sodir etilganligiga oid holatlar guvohi bo‘lsangiz yoki shunday ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi” ishonch raqamlari orqali xabar berishingizni sо‘raymiz.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ 100 yoshda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda Buxoro shahridagi birinchi elektr stansiyasining ishga tushirilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH
“BUXORO HETK” AJNING ISHLAB CHIQARISH OB’EKTLARI BILAN YAQINDAN TANISHILDI










Avval xabar berganimizdek, bugun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda Buxoro shahridagi birinchi elektr stansiyasining ishga tushirilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarmida tadbir ishtirokchilari elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish tizimi (ASKUE) xonasida bo‘lib, tizim afzalliklari, ayniqsa bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ – 100 YoShDA (1923-2023)
Ishonch telefon raqamlari

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.
Modernizatsiya va yangilash ishlari
Vobkent tumani aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi ta’minlash maqsadida tumandagi podstansiyalarda modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH
Buxoro shahrida markaziy elektr stansiyaning qurilishi.
Bu muammolarni yechish uchun o’sha vaqtdagi O’zbekiston Respublikasi hukumatining rahbari Fayzulla Xo’jayev Moskvadagi ittifoq hukumati rahbarlari bilan kelishgan holda Buxoro shahrida umumiy quvvati 11550 kBt bo’lgan Markaziy elektr stansiyasini loyihalash va qurilishini ittifoq davlat rejasiga kiritishga muvaffaq bo’ladi. Shuningdek, Kogon shahrida va barcha tuman markazlarida ham dizel elektr stansiyalarini loyihalash va qurilishi masalasini hal qiladi. Buxoro shahrida har biri 2350 ot kuchiga (yoki 1780 kVt) ega bo’lgan ikkita dizelli, har biri 3750 ot kuchiga ( 2660 kVt) ga ega bo’lgan umumiy quvvati 15950 ot kuchi ( 11540 kVt) dan iborat o’sha davr nuqtai nazarida Buxoro «Markaziy» elektr stansiyasi yirik dizelli hisoblangan Markaziy elektr stansiyani barpo qilish muhim hayotiy va dolzarb vazifa bo’lib qolgan edi. Elektr stansiya 30-yillar boshida qurila boshlandi va katta qiyinchiliklarni yenggan holda oxiriga yetkazildi. Buxoro shahri zaminida ep osti suv sathining juda yuqori bo’lganligi elektr stansiyasi qurilishida jiddiy mushkulliklar tug’dirdi va ish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Deyarli barcha qurilish ishlari og’ir qo’l mehnati orqali bajarilib, 1936 yilning may oyi oxirigacha cho’zilib ketdi. Mazkur qurilish ishlari iste’dodli tashkilotchi va tadbirkor inson I.S.Pilshikov boshchiligida olib borildi. Stansiya qurilishi hukumat rahbari F. Xo’jayevning doimiy nazorati ostida edi. Eng qiyin muammolar ham bu rahbarning yordamida hal etilar va shu zaylda qurilish ishlarini tezlashtirish chora-tadbirlari ko’rilardi.







Elektr stansiya qurilishi davom etayotgan pallada, elektr stansiyani elektr tarmoqlari va transformator nimstansiyalarini, uskunalarini boshqarish, sozlash, ta’mirlash uchun malakali mutaxassis xodimlarni tayyorlash kurslari tashkil qilinib, uni tugatganlar shu stansiyaga ishga qabul qilindilar.
1936 yilda Buxoro Markaziy elektr stansiyasining dastlabki dizeli ishga tushirildi. Shu davrga kelib, Kogon shahrida ham dizel elektr stansiyasi barpo etilishi nihoyasiga yetmoqda edi. 1936 yilda Buxoro-Kogon yo’nalishida kuchlanishi 35 ming voltli, uzunligi 11 kilometrli elektr tarmoqlari ishga tushirilib, Buxoro Markaziy elektr stansiyasi birlashtirildi. Buxoro viloyati tumanlarining markazlarida 1935-1940 yillar davomida bir qancha dizel elektr stansiyalar ishga tushirilib, tuman markazlaridagi kasalxonalar, bosmaxona, aloqa, ma’muriyat binolari, ko’chalar va uylarning bir qismi elektrlashtirildi. Viloyatda energetikani boshqarish, ta’mirlash, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, nazorat qilish, hisob-kitob ishlarini olib borish, yangi mutaxassis xodimlarni tayyorlash Buxoro Markaziy elektr stansiyasi zimmasiga yuklangan bo’lib, bu korxona Respublika kommunal xo’jaligi vazirligidagi «O’zkommunenergo» birlashmasi tizimida edi.










Markaziy elektrostansiya binosi
Ta’mirlash tsexi
Markaziy nimstansiya boshqarish binosi
Shahar ETK binosi
Buxoro shahrida 1923-1936 yillarda elektr tarmog’ining rivojlanishi

Birinchi dizel elektr stansiya kunduzlari shaharning markaziy ko’chalari bo’ylab, shifoxona, asosiy-ma’muriy davlat korxonalari kabi tashkilotlarni yoritar, kechqurun Buxoroi Sharifning o’n bir: «Samarqand», «Hazrati Imom», «Talipoch», «O’g’lon», «Shergiron», «Qorako’l», «Shayx-Jalol», «Namozgoh», «Qarshi», «Sallohxona», «Mozori Sharif» darvozalariga boradigan yo’llarini nurafshon qilib, xonadonlarni qorong’i zulmatdan ozod etdi. Odamlarning ko’zlarida sevinch yoshlari bo’lib, hammalari elektr chirog’idan foydalanganlaridan xushu-xursand edilar.











Elektr stansiyaning imkoniyati kamligi sababli chiroqlar tun bo’yi emas, faqat ma’lum muddatlardagina yoqilgan.
Yillar o’tgani sayin elektr quvvatiga talab osha borib mazkur stansiyaning quvvati yetishmay qoladi. Natijada 1924 yilga kelib stansiyaning eski dizellari quvvati 400 ot kuchiga ega bo’lgan «MAN» rusumidagi ikkita yangi dizel generatori bilan almashtiriladi. Stansiyaning umumiy quvvati shu tariqa 800 ot kuchiga yetkaziladi.
1927 yilda shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv nasos stansiyasi qurilishi boshlanadi. Iste’mol quvvati 100 kVtdan iborat bu nasos stansiyasi tomon elektr stansiyadan 6,6 kVli yuqori elektr uzatish tarmoqlari va ikkita transformator o’rnatiladi. O’sha yillari shahar suv tarqatish tarmog’ining umumiy uzunligi 9,5 kilometrni tashkil qilar edi. Umuman stansiya juda katta quvvat bilan ishlay boshladi. 1934 yilga qadar elektr simlari 16 km joyni egalladi. 1930 yilga kelib sanoat korxonalarining, ko’chalarni yoritish tarmoqlarining ko’payishi kommunal xo’jalik va savdo-sotiq binolari, kasalxonalarning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojlari yanada oshishi bu sohada jiddiy rivojlanishni taqozo etdi.



















































