Energiya samaradorligini rivojlantirish mavzusida seminar

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mutaxassislari, Buxoro viloyati hokimligi, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, O’zenergoinspeksiya Buxoro viloyati hududiy bo’limi bilan hamkorlikda energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ko’rgazmali seminar tashki etildi.
Tadbirda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, mamlakatimizda yashil energetika yo’nalishini taraqqiy toptirish, bu borada davlat tomonidan aholi va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar bo’yicha mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, yurtimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning samaradorligi va imkoniyatlari, qulayliklari tahlil qilinib, quyosh kollektorlari hamda quyosh panellarining afzalliklari to’g’risida to’xtalib o’tildi. Tadbir so’ngida barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Fikr va mulohazalar bildirildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Yoqilg‘i-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyul hamda 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi NARXLARI

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi
348-son qaroriga
1-ILOVA
Yoqilg‘i-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyul hamda 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi
NARXLARI

T/r

Nomi

O‘lchov birligi

Bir o‘lchov birligi uchun narxlar

(QQS hisobga olingan holda so‘m)

2022-yil 15-iyuldan

2023-yil 1-apreldan

1.

Elektr energiyasi

1.1.

Iste’molchilarning I va II guruhlari:

1.1.1.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va budjet tashkilotlari, shuningdek, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari uchun

kVt soat

800

850

1.1.2.

qolgan iste’molchilar uchun

600

700

1.2.

Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, aholi:

1.2.1.

ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun:

kVt soat

147,5

1.2.2.

qolgan maishiy iste’molchilar uchun:

295

1.3.

Iste’molchilarning IV guruhi

kVt soat

600

700

1.4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi iste’molchilar uchun

kVt soat

600

700

Kontaktlar

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»  AJ

200100, Ozbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahriSаnoatchilar ko’chasi,  1/1 uy

Moljal: «Sharq» bozori, Buxoro Standartlashtirish va Metrologiya boshqarmasi,  Buxoro Yuk Saroyi

Transport: 66 – yo’nalishdagi avtobus; 55  – yo’nalishdagi taksi

Tel: (8 365) 225-43-88
Faks: (8 365) 225-73-63
E-mail: buxenergo@umail.uz    info@buxelektr.uz.uz
Ish tartibi:
Ish kunlari: dushanba-juma –  9:00 dan  18:00 gacha.
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba va bayram kunlari.

 

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»  AJ  tarkibidagi elektr ta’minot korxonalari

Buxoro shahar ETK

Telefon:  225-37-90
Faks:  225-34-03
E-mail:  1706401@buxelektr.uz.uz
Manzil:  O’zbekiston Respublikasi, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko’chasi,  1/1 uy.

Olot TETK

Telefon:  342-30-04
E-mail:  1706204@buxelektr.uz.uz
Manzil:  Buxoro viloyati, Olot tumani,  Do’stlik ko’chasi, 4  uy

Buxoro TETK

Telefon:  542-54-95
E-mail:  1706207@buxelektr.uz.uz
Manzil:  Buxoro viloyati, Buxoro tumani,  Axmad Donish ko’chasi,  1 uy

Vobkent TETK

Telefon:  332-14-08
E-mail:   1706212@buxelektr.uz.uz
Manzil:  Buxoro viloyati, Vobkent tumani, G’alaba ko’chasi,  1 uy

G’jduvon TETK

Telefon:  572-37-84
E-mail:  1706215@buxelektr.uz.uz
Manzil:  Buxoro viloyati, Gijduvon tumani,  G’alaba ko’chasi,  59 uy

Kogon TETK

Telefon:  524-43-00
E-mail:  1706219@buxelektr.uz.uz

Manzil:  Buxoro viloyati,  Kogon shahri, Maxmud Torobiy ko’chasi, 77 uy

Qoraqo’l TETK

Telefon:  565-23-62
E-mail:  1706230@buxelektr.uz.uz

Manzil:  Buxoro viloyati, Qoraqo’l tumani,  Ulug’bek ko’chasi,  96 uy

Qorovulbozor  TETK

Telefon:  364-41-03
E-mail:  1706232@buxelektr.uz.uz

Manzil:  Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani,  Cho’lquvar ko’chasi,  1 uy

Peshko’ TETK

Telefon:  353-28-68
E-mail:  1706240@buxelektr.uz.uz

Manzil:  Buxoro viloyati, Peshko’ tumani,   Do’stlik ko’chasi,  3 uy

Romitan TETK

Telefon:  552-17-88
E-mail:  1706242@buxelektr.uz.uz

Manzil:  Buxoro viloyati, Romitan tumani,  Nurafshon ko’chasi,  12 uy

Jondor TETK

Telefon:  582-18-85
E-mail:  1706246@buxelektr.uz.uz

Manzil:  Buxoro viloyati, Jondor tumani,  S.Rajabov ko’chasi,  11 uy

Shofirkon TETK

Telefon:  502-21-54
E-mail: 1706258@buxelektr.uz.uz

Manzil:  Buxoro viloyati, Shofirkon tumani,  S.Rahimov ko’chasi,  10 uy

Hurmatli iste'molchilar!

Hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilamiz.

Mazkur loyiha doirasida fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda Energetika, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tahlil qilinmoqda.

Qabul qilingan takliflar bo‘yicha barcha xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan so‘ng, ushbu masala bo‘yicha yakuniy va tegishli qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, tariflarning o‘zgarishi hukumat qarori qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.

Shu munosabat bilan, 2022 yil 1 iyuldan elektr va gaz tariflariga o‘zgartirishlar kiritilmasligini ma’lum qilamiz.

“Obod mahalla” Davlat dasturi

Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida hudud aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yangi tayanchlar o’rnatilmoqda.

Peshku tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Obod mahalla” Davlat dasturi hamda og’ir hududlar elektr energiyasi ta’minoti mustahkamligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida mustahkam temir-beton tayanchlarni o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

 

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Noqonuniy foydalanish holatlari

Kogon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanib kelayotgan iste’molchilar aniqlandi.

Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumandagi mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, ularni oldini olish va qarzdorliklarni bartaraf etish bo’yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Elektr energiyasidan foydalanish tartib qoidalarini buzgan iste’molchilarga nisbatan qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilib, ta’minotdan uzib qo’yilmoqda va yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob kitob qilinmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Rasmiy munosabat.

Joriy yilning 19 iyun kuni Kun.uz telegram kanali orqali “O’zbekneftigaz”: Elektr tarmoqlarida elektr ta’minotining uzilishi tabiiy gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari avariyaviy holatda to’xtadi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2022 yilning 19 iyun kuni tongi soat 06:22 da “Gazli-2” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida avariyali uzilishlar kuzatilgan. Dispetcherlik xizmati xodimlari tomonidan bir martalik qo’shib ko’rish ishlari olib borilgan va soat 06:43da elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklangan. Keyingi bosqichda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish sabablarini aniqlash va kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida dastlabki o’rganish ishlari amalga oshirilgan. Umumiy uzinligi 160 kmdan ortiqni tashkil qiluvchi “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ining “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hisobida bo’lgan 117 km masofadagi qismi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari tomonidan ko’rikdan o’tkazilib, o’rganib chiqilgan va elektr uzatish tarmog’ining “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tegishli qismida avariyali uzilishlar kelib chiqishiga sabab bo’luvchi kamchiliklar aniqlanmagan. (Qolgan 43 km qismi “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga tegishli)

Hozirda “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ida kuzatilgan uzilishlar sabablarini aniqlash bo’yicha maxsus ishchi guruh tuzilganligini va ishchi guruh tomonidan navbatdagi o’rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, kelgusida bu kabi uzilishlar kuzatilishini oldini olish uchun “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ining “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga tegishli qismini ham ko’rikdan o’tkazish maqsadga muvofiqligini bildiramiz.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati