2022 yil 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
“Masdar” kompaniyasi (BAA) Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyihani qurish va unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining bir kilovatt-soati uchun 3,044 AQSh senti miqdorida taklifi bilan g‘olib bo‘ldi. Ahamiyatlisi, mazkur loyiha O‘zbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik Energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi.
“GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchununda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.
“Voltalia” kompaniyasi (Fransiya) Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.
Muzokaralar o‘tkaziladi.
▶️@minenergy_uz