Umumxalq xayriya hashari bugun barchamizni birdamlik va ahillikka birlashtirdi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki” shiori ostida o’tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi hamda uning tarkibidagi barcha bo’lim va xizmatgohlar, tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ham faol qatnashdilar.

Hasharda katta-yu kichik birlashib, bino-inshootlar atroflarini obodonlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekish, daraxtlar ostini yumshatish, oqlash va shakl berish ishlarini hamjihatlikda olib bordilar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Ish joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida o’quv mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ MXTX bosh mutaxassisi Sh. Safarov va “Buxoro HETK” AJ MXTX boshlig?i T. Jalilov ishtirokida Olot va Qorako’l tuman elektr ta?minoti korxonalarining barcha ekspluatatsiya xodimlari ishtirokida baxtsiz xodisaning oldini olishga va ish joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishiga qaratilgan amaliy va nazariy o’quv mashg?ulotlar bo?lib o?tdi.
Jumladan, tizimda sodir bo?lgan baxtsiz xodisaiarning tavsilotlari o?rganildi va xodimlar o?rtasida keng muhokoma etilib, savol-javoblar o?tkazildi.
Shuningdek, ish joylari va texnik hujjatlar yuritilishi o?rganilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi va xodimlarni ogohlikka chaqirish, baxtsiz hodisalar kelib chiqishini oldini olish maqsadida videoroliklar namoyish etildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

8 mart ayyomi muborak bo’lsin!

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Siz аyоlsiz, shirin so’zli, mulоyim,
Lаtоfаtni bergаn sizgа Xudоyim.
Yuzingizdаn оy ham bоqib uyаlаr,
Zuxrо yulduz hаvаs bilаn mo’rаlаr.
Muhаbbаtdа sаdоqаtli xаyоli,
Muqаddаssiz o’zbek qizi аyоli.
Siz аyоlsiz Mоmо Hаvо nаslidаn,
Ochilаsiz kelsа bаhоr fаslidаn.
Ishq bоg’idа yigitlаrni xаyоli.
Muqаddаssiz o’zbek qizi аyоli.
Sizgа оchiq jаnnаtning hаm eshigi,
Qo’lingizdа bаxtli hаyоt beshigi,
Allа аytib mehr ilа bоqаsiz,
Murg’ak qalbga oq sut bo’lib oqasiz.
Dаrdgа mаlhаm bo’lgаn mehri giyоli,
Muqаddаssiz o’zbek qizi аyоli.

BAYRAM TADBIRIGA BAG’ISHLANGAN VIDEOROLIKNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 mart soat 00:00dan 3 mart soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Jarayon #Qorovulbozor_tumani

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Qorovulbozor tumanida joylashgan yuqori kuchlanishdagi podstansiyasilarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Elektr qurilmalarining texnik holati talab darajasiga keltirilib, sinov va sozlash ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olinishi hamda aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Murojaatlar o’z yechimini topmoqda

Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Temirchi” mahalla fuqarolar yig’ini Boylar qishlog`ida yashovchi fuqarolarning murojaatlariga asosan, aholining elektr energiyasi ta`minotini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududga maxsus texnikalar yordamida 7 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatildi. Shuningdek, 400 metr uzinlikdagi SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ: 2022 YILDAGI FAOLIYATNING ASOSIY KО‘RSATKICHLARI

2022 yil davomida Jamiyat tarkibiy korxonalari tassarufidagi 35-110 kV kuchlanishli 1 787 ta podstansiyadan chiquvchi, 96 017 dona transformator punkti va 270,3 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali 390,3 ming yuridik hamda 7,4 mln. maishiy iste’molchilarga 68,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bо‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan о‘sish sur’ati 105,6 foizni tashkil etdi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati