Author: hetk
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.
Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.
Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.
Mavsumga_tayyorgarlik



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining chegara hududida joylashgan, suv inshootlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
Energiya_resurslaridan_oqilona_foydalanaylik

“Behuda yonib turgan chiroqlarni ko‘rsam azoblanaman” — fuqaro energiya tejamkorlik va samaradorlik haqidagi fikrlari.
“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasidan nooqilona foydalanishni olidini olish maqsadida iste’molchilarga tegishli tartibda tushuntirish va profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Ammo ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan tushuntirishlarga e’tiborsizlik bilan qarash natijasida kunning yorug‘ vaqtida ham ko‘cha chiroqlaridan foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kambag‘al oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiyani avtomatik ravishda kartalariga qabul qiladilar


Ijtimoiy himoya milliy agentligi: Kambag‘al oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiyani avtomatik ravishda kartalariga qabul qiladilar
🔥💡 Ushbu mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasi xarajatlarini qisman yengillashtirishga xizmat qiladi. Davlat tomonidan mazkur kompensatsiyalar uchun 370 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
📅 Yakuniy ro‘yxatlar 2024-yil 27-oktyabr kuni tasdiqlanadi.
👉 Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lganlar va mablag‘larning tushirilish vaqti haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerak, bu kompensatsiya davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yagona yordam turi emas. Isitish mavsumida ijtimoiy me’yordan ortiq elektr energiyasi va gaz sarfiyoti uchun ham ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha kompensatsiyalar beriladi.
Jarayon



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning O’ta kuchlanishdan himoya qilish va izolyatsiyali sinash xizmati xodimlari tomonidan podstansiyalardagi elektr qurilmalarining sozligi, ulanish nuqtalarining mustahkamligi, ularda me’yordan ortiq qizish holatlarining mavjudliligi maxsus, teplovizor qurilmasi yordamida nazoratdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.
Bunday jarayonlar podstansiyalarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish, elektr uskunalarining xizmat ko‘rsatish muddatini oshirish va iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
PODSTANSIYANING QUVVATI OSHIRILDI



Avval xabar berganimizdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, hududlar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora – tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ta’kidlash joizki, joriy yilda yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati oshirish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Shofirkon tumanidagi “Qodir Jo’rayev” 35/10 kV podstansiyasida quvvati 4 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori 10 000 kVAlisiga almashtirilib, ishga tushirildi.
Natijada Shofirkon tumanidagi 3000 yaqin aholi va 250 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilandi. Shuningdek, podstansiyada zaxira quvvatlari ham yaratildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.2024 yildagi 652-son
Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.2024 yildagi 319-son
Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.04.2024 yildagi 204-son
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.01.2024 yildagi 13-son



