Podstansiyasilarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan reja-grafigi asosida yuqori kuchlanishdagi podstansiyasilarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “To’dako’l” 110/6 kV podstansiyasida obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, mavjud elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha  davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.

Reyting natijalariga ko‘ra “Hududiy elektr tarmoqlari ” AJning ko‘rsatgichlari “yaxshi”ga baholandi.

Transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbir asosida transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi hisobida bo’lgan, shahar tipidagi № 307 transformator punkti to’la ta’mirlanib, texnik holati talab darajasiga keltirildi va estetik holati yaxshilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

BUGUN О‘ZBEKISTONDA “YER SOATI” AKSIYASI BО‘LIB О‘TADI.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim о‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan О‘zbekistonda 25 mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya о‘tkaziladi.
Aytish о‘rinliki, shu kuni Yer sayyorasiga g‘amxо‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga о‘chiriladi.

Ushbu tashabbus birinchi marta 2007 yilda Avstraliyada paydo bо‘lgan va hozirda iqlim о‘zgarishi muammosi va tabiiy resurslarni tejash zarurligiga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan global harakatning bir qismidir.

Shu о‘rinda aksiya doirasida barcha davlat organlari va tashkilotlarida elektr energiyasi bilan ishlaydigan texnikalar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning hududiy korxona va filiallari tomonidan tarmoqdan uzilmasligini ma’lum qilamiz. Mazkur aksiyani barcha davlat organlari va tashkilotlari ixtiyoriy ravishda amalga oshirishlari mumkin.

@buxenergo

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish uchun kasbiy-texnik o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o’quv darslari tashkil qilindi.

Maqsadimiz yetuk, bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash, xalqimizga munosib xizmat qilish va har bir xodimni ishdan so’ng o’z oilasi, farzandlari va yaqinlari davrasiga sog’ salomat qaytishini ta’minlashdan iboratdir.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirish uchun kasbiy-texnik o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o’quv darslari tashkil qilindi. O’quv darslariga jalb qilingan xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda ish joylarini tashkil qilishlari, ishlab chiqarishga moslashishlari, malaka va ko’nikmalarini yanada orttirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid maxsus videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Navrо‘z ayyomi bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari (21 -24 mart) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilishni, nosoz va nostandart qurilmalardan foydalanmaslikni so‘rab qolamiz.

Ma’lumot uchun: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

“HUDUDUY ELEKTR TARMOQLARI” AJ

Elektr qurilmalarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, G’ijduvon tumandagi “Turdi Abdullayev” 10 kVli elektr uzatish tarmog’ining 1500 metr uzunlikdagi qismida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, AC50 tipidagi sim tortildi. Natijada, tumandagi 4000ga yaqin iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Obod_va_fayzli_mahalla_yurt_kõrki

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarida “Obod va fayzli mahalla — yurt kо‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari о‘tkazilmoqda.

Hashar davomida binolar va ular atroflarini obodonlashtirish, ko’chat ekish, kо‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni tartibga keltirish ishlari hamjihatlikda olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Korrupsiya_kelajakka_tahdid

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Peshko’ tumani “Mustaqillik” MFY fuqarolari bilan Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, hamda mahallada fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida suhbat o’tkazildi.
Tadbirda huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati