Belgilangan reja-grafiklar asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida belgilangan reja-grafiklar asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, “Kogon” 35/6 kV podstansiyasidan chiquvchi “Obi hayot-2” 6 kVli elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’kidlash joizki, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joriy yilda 6521 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda 2163 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich bajarilmoqda.