Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi

2025-yil may oyi davomida ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun kompensatsiya puli ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilgan mazkur tadbir doirasida, bazaviy normadan yuqori hajmda elektr energiyasi yoki tabiiy gaz sarflagan 152 643 nafar ehtiyojmand fuqaroga umumiy 3,2 milliard so‘m miqdorida pul mablag‘lari to‘lab berildi.

Shundan:

  • elektr energiyasi uchun – 2 mlrd 293 mln so‘m;
  • tabiiy gaz uchun – 885 mln so‘mni tashkil etadi.

Mazkur kompensatsiya to‘lovlari 2025-yil 15-iyunga qadar qabul qilingan arizalar asosida amalga oshirildi.

Eslatma: Kompensatsiya dasturi doirasida bazaviy iste’mol me’yoridan ortiq sarf qilgan ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yengillashtirish ko‘zda tutilgan.