Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarida noqulay ob-havo taʼsirida kelib chiqayotgan muammolar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Og‘ir sharoitlarda ham o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan barcha tizim xodimlari sabab aholiga uzluksiz ravishda elektr energiyasini yetkazib berilmoqda.
Noqulay ob-havo va sovuq havo sharoitlariga qaramasdan, «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar. Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun barcha maxsus texnikalar hamda xodimlar shay xolatga keltirilgan.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda jamiyat rahbari boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, korxonada odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishi masalalariga bag‘ishlab, kengaytirilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir korrupsiyaning oldini olish uchun tashkilot faoliyatida shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va xizmat faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borayotgani inobatga olinib, mavjud elektr tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish hamda iste’molchilarni barqaror, uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida davlat dasturlari va belgilangan chora-tadbirlar asosida mavjud tarmoqlarni rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha elektr tarmog‘i qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.
“Buxoro HETK” AJda mas’ul xodimlar ishtirokida 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
So’z avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish maqsadida tashkilotlar faoliyatida shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan ichki hujjatlarning mazmun-mohiyati va ularni rasmiyalshtirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Qurilish korxonasining maxsus texnikasi (avtokran) haydovchisining ehtiyotsizligi sababli yuqori kuchlanishdagi tarmoqqa mexanik shikast yetkazganligi natijasida 2026 yilning 14 yanvar kuni soat 10:55da 35 kV kuchlanishdagi havo tarmog’ida avariyali uzilishlar kuzatilgan.
Mazkur holat “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mutaxassis xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, 3 ta maxsus texnika va 15ga yaqin malakali xodimlar jalb etilgan holda ta’mirlash ishlari olib borildi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida elektr tarmog‘i to‘liq tiklanib, iste’molchilar qayta barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi.
⚠️ Shu alohida ta’kidlab o’tish joizki, bunday holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarur. E’tibor va mas’uliyat — xavfsizlikning eng muhim omili!
“Bu loyiha nafaqat toza energiya ishlab chiqarish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun imkoniyatdir. Xodimlarimizning 90 foizdan ortig‘i mahalliy mutaxassislar”, — deydi Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi loyihasi menejeri Karlton Persiville Yohannes.
2025-yilning 5-dekabr kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida ishga tushirilgan 63 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi haqida qisqa lavha.
Ma’lumot uchun: 2025-yilning 5-dekabr kuni Prezidentimiz boshchiligida 1 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 milliard kilovatt⋅soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi.
Elektr energiyasi bugungi farovon hayotimizning muhim omili sanaladi. Uni uzluksizligini ta’minlash va me’yor darajasida yetkazib berish ta’minotchi korxonaning birinchi darajadagi vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan hududlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun boshqichma bosqich elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarini yangilashga qaratilgan chora tadbirlash ishlab chiqilib, bu boradagi amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining olis Peshko’ tumanidagi “Malshoyak” va “Bog’imuso” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarida Peshko’ tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 22 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlandi hamda 1300 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortildi.
➖2016-yil – 45,7 mlrd kVt⋅soat; ➖2017-yil – 47,4 mlrd kVt⋅soat; ➖2018-yil – 50,5 mlrd kVt⋅soat; ➖2019-yil – 52,7 mlrd kVt⋅soat; ➖2020-yil – 55,8 mlrd kVt⋅soat; ➖2021-yil – 59,1 mlrd kVt⋅soat; ➖2022-yil – 62,6 mlrd kVt⋅soat; ➖2023-yil – 66,1 mlrd kVt⋅soat; ➖2024-yil – 67,5 mlrd kVt⋅soat; ➖2025-yil – 71,0 mlrd kVt⋅soat*.
2025-yili iste’molchilarga 2016-yildagiga nisbatan 25,3 mlrd kVt⋅soat yoki 55 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.