Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda olib borilgan nazorat va reyd tadbirlari davomida ayrim iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan qonunchilikka zid ravishda foydalanish holatlari qayd qilinmoqda. Navbatdagi o’rganish ishlari Peshko’ tumanida olib borildi. Tumanning “Ibn Sino” MFY o’rganilganda Qo’rg’ontepa qishlog’idagi kichik savdo do’koni tarmoqqa hisoblagichdan tashqari, yashirin ravishda ulanib olganligi aniqlandi va buning natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 45 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi qayd etildi.
Ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Elektr energiyasidan oqilona va belgilangan tartibda foydalanishingizni so‘raymiz.
❗️ Noqonuniy foydalanish holatlari javobgarlikka sabab bo‘lishini unutmang.

