“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hashar tadbirlari tashkil etildi.

Yurtimiz uzra o‘tkazilayotgan umumxalq hasharlari mahalla va maskanlar obodligiga hissa qo‘shmoqda va xalqimizni hamjihatlikka chorlab, mehr-oqibatni ham mustahkamlamoqda.

Ayni paytda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarbidagi barcha elektr ta’minoti korxonalarining xodimlari ham ezgu tashabbusga munosib hissa qo’shmoqdalar. Korxonalarda erta tongdan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hashar tadbirlari tashkil etildi. Hasharda binolar va ular atroflarini obodonlashtirish, daraxt va butalarga shakl berish, ularni tartibga keltirish, gul ko’chatlarini otqazish ishlari olib borilmoqda.

Bunday tadbirlar faqatgina mehnat emas, balki mehr-oqibat va birdamlik bayramidir. Hashar odamlarni birlashtirib, qalblarga iliqlik, jamiyatga fayz olib kiradi.