Energiya yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi





“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda elektr qurilmalarining texnik sozligini oshirish, ularning ishonchli ishlashini ta’minlash hamda energiya yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida elektr tarmoqlari va qurilmalarining samarali ishlashini ta’minlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr energiyasini yetkazib berish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, seminarda elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, avariya holatlarini tezkor bartaraf etish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va ularni samarali hal etish usullari bo’yicha tushuntirishlar berildi.

