KORRUPSIYA – ISLOHOTLAR YO’LIDAGI TO’SIQ

Bugun “Buxoro HETK” AJda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) hamda viloyat prokuraturasi va IJQKD xodimlari hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilishda “Buxoro HETK” AJ hamda “Energosavdo” viloyat bo‘linmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqanlar korrupsiya yurtimiz taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, manfaatlar to’qnashuvini oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish boyicha so’z yuritildi.

Tadbir davomida barcha xodimlar kunlik mehnat faoliyatlari davomida doimiy ravishda kasb mahoratlarini oshirish, lavozim yo’riqnomasidagi majburiyatlarni bilish, ularga doimiy rioya qilish xodimlarining eng ustuvor vazifasi ekanligi tushuntirildi.

Yig’ilish ishtirokchilarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, bugungi kunda mavjud dolzarb muammo va kamchiliklarni qisqa fursatlar ichida bartaraf etish borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.