Sohada uzoq yillar xizmat qilgan yoshi ulug’ ustozlar, boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’izlar holidan xabar olindi.

Yurtimizda ayyomlar xususan, Hayit bayrami kunlarida boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’iz, muhtojlar holidan xabar olish, inson qadrini ulug’lash, saxovat ko’rsatish asriy ananaga aylangan. Shunday kunlarda kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinadi, ularni ko‘nglini ko‘tarish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.
Jumladan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi tomonidan ayni kunlarda sohada uzoq yillar xizmat qilgan yoshi ulug’ ustozlar, boquvchisini yo’qotgan, yakka yolg’izlar holidan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati