Maxsus taktik o’quv mashqlari bo’lib o’tdi.








Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi hamda xodimlarning bu boradagi ko’nikmalari sinovdan o’tkazildi.
Yakunda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga tayyor deb baholandi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati